• «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
  • Elementlaridan foydalanish




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #240771
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    ZDIF1511

    oq (aroq), qizil (vino)
    – ichuvchilar nutqiga xos; 
    strelka (uchrashuv) 
    yoshlarning nutqida; 
    ko‘k, ko‘kat
    (AQSh dollari), 
    dodasi (biron narsaning 
    zo‘ri
    ) – ko‘proq bozorchilarning nutqida qo‘llaniladi.
    Ijtimoiy tarmoqdagi matnlarda argolarni ham uchratishimiz mumkin. 
    Bunday so‘zlar ma’lum bir guruh ichida boshqalar tushunmasligi uchun maxsus 
    tarzda ishlatiladigan tilning ko‘rinishidir. Ular jarganlordan ba’zi farqli 
    xususiyatlarga ega: jargonlar ma’lum bir guruh ichida qo‘llaniladigan so‘zlar 
    hisoblanadi - oqpodsho, olampanoh, valiahd, hukmdoru buzrukvor va boshqalar. 
    Argolar esa guruh ichida boshqalar atay tushunmasligi uchun topilgan so‘zlar 
    sanaladi – revizor, qaychi, danap, kolxoz va boshqalar. 
    Argo
     
    – jargondan farqli o‘laroq, biron ijtimoiy guruh tomonidan boshqalar 
    uchun atayin tushunarsiz qilib qo‘llaniladigan u yoki bu darajadagi 
    yashirin

    yasama 
    til. Masalan, o‘g‘rilar argosida 
    shmon qilmoq

    gopstop qilmoq 
    iboralari
     
    “o‘g‘irlamoq” ma’nosida, giyohvandlar argosida 
    dori
    “giyohvand modda” 
    ma’nosida ishlatiladi. Argolar jargonga nisbatan o‘zining 
    yashirinlik
    xususiyati 
    bilan ham ajralib turadi. Shuning uchun ular ko‘proq jamiyatning yashirin 


    48 
    «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
    izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
     
    tabaqalari hisoblangan josuslar, jinoyatchilar, o‘g‘rilar, giyohvandlar, fohishalar 
    va boshqalar nutqida uchraydi. 
    Jamiyatda tekinxo‘rlik, boshqalar hisobiga yashashlik, maishiy buzuqlik 
    yo‘liga o‘tib olgan ma’naviy buzuq guruhlar tomonidan qo‘llaniladigan maxsus 
    so‘zlar argo deyiladi. Masalan, loy, yakan (pul), bedana (to‘pponcha), pero 
    (pichoq), dar (go‘zal) va boshqalar. Bunday g‘ayritabiiy so‘zlar, nutq sofligi va 
    tozaligini pasaytiradi. 
    Bunday so‘zlar internetda asosan jinoyatchilarning ichki yozishmalarida, 
    giyohvandlarning o‘zaro yozishmalarida uchraydi.
    Realiyalar biror xalqning milliy kolorititini, madaniyatini o‘zida mujassam 
    etadi. So‘zlovchi o‘zining tilida ularning asl ma’nosini topolmaganligi uchun ham 
    tayyor holda olib kiradi. Realiyalar turli xil mavzularda bo‘lishi mumkin. 
    Realiyaga oid so‘zlarning klassifikatsiyasi S.Vlaxov va S. Florinlarning 
    monografiyasida batafsil ochib berilgan:

    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish