|
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliyBog'liq ZDIF1511«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Amerika Qo‘shma Shtatlari “dollar”ining, ingliz “funt sterling”ining, nemis
“marka”si-yu hind “rupiya”sining, afg‘on “afg‘oniy”sining transliteratsiya
qilinmasdan, o‘zbek “so‘m”i bilan almashtirib qo‘yilishi, AQSh “brendi”si, ingliz
“viski”si, nemis “shnapse”sining rus “vodka”si orqali talqin etilishi, ingliz boshiga
“shlyapa” o‘rniga o‘zbek “do‘ppi”sini, egniga “palto” yoki “plashch” o‘rniga “to‘n”
yoki “yaktak” kiygizib qo‘yish bilan baravar.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq sahifalarida smayliklar orqali yana o‘z
fikrini bayon qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday holda smayliklardan
foydalanish ma’lum bir fikrni so‘zlar yordamida ifodalay olmaslikdan, adabiy
nutqi rivojlanmaganligidan dalolat beradi. Smayliklar doimo boshqalarga tez
ta’sir qiladi, shunday insonlar borki, ular biror narsani o‘qib tushunmaydi, lekin
shunga ishora qiluvchi rasmlar, tushunchalar, smayliklarni ko‘rib
ifodalanayotgan fikrni tezda anglab oladilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda yana shunday sotsiolingvistik terminlar qo‘llanadiki,
bunday holatda bu terminlar-so‘zlar orqali o‘zbek tiliga nisbatan hurmatsizlikni
kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari, varvarizm(varvarizm-bir tilga boshqa
tillardan noo‘rin atamalarni qo‘llash, matnga mos bo‘lmagan, o‘zlari ham
ma’nosini bilmaydigan iboralardan foydalanish)ga oid atamalardan foydalanish
o‘zini boshqalar oldida ustun qo‘yish kabi munosabatni ham bildirishi, o‘zini
aqlli qilib ko‘rsatish bo‘lishi ham mumkin.
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida shunday xabar berilgan:
- Mana Sindor zakazingni ijobat ayladim. Qo‘shchinorda yoritildi.
Ushbu fikrda
“zakaz”
so‘zi ushbu matnga mos kelmagan, chunki bu so‘z
varvarizmga oid so‘z sanaladi. Ushbu fikr orqali foydalanuvchi o‘zining tilimizga
oid bo‘lgan yetarli bilimlarga ega emasligini kuzatamiz. Bu so‘z o‘rnida
|
| |