|
Туркманистонда оқ либос кийиш тақиқланди ваBog'liq ZDIF1511Туркманистонда оқ либос кийиш тақиқланди ва
Лабларига ботокс қўйган 50 га яқин стюардесса ишдан бўшатилди”
nomli xabar Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Ozodlik radiosi” bo‘limidan
olingan. Bunda
manat, kosmetik, styuardessa, poyezd, aviakompaniya,
botoks, konduktor, silikon, Ozodlik radiosi
so‘zlarining o‘zbek tilida muqobil
variantlari mavjud emasligi uchun ham qanday ifodalansa, xuddi shunday
matnlarga olib kirilgan.
Bulardan tashqari, realiyalarga oid, aniqrog‘i, geografik realiyalarga oid
bo‘lgan
Ashxobod, Bolqon, Mari
so‘zlari ham matnda qo‘llangan.
Ushbu matn publitsistik uslubda yozilgan. Demak, ijtimoiy tarmoq
matnlarining yana bir sotsiolingvistik xususiyati ularda barcha nutq
uslublaridan foydalanilishidir. Lekin kuzatishlarimiz natijasida shu narsaga amin
bo‘ldikki, ijtimoiy tarmoq matnlarida asosiy uslublar so‘zlashuv va publitsistik
uslublar hisoblanar ekan. Chunki tarmoqdagi matnlar asosan birovlar bilan
muloqot qilish hamda boshqalarga ma’lum bir axborotni yetkazish hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi matnlarda bilingvizm (ikki tillilik)ning
turlaridan biri interferensiya (Ikki tilni biladigan shaxs bir tilining ikkinchi tiliga
ko‘rsatgan har qanday ta'siri va bu ta'sirning natijasi interferensiya deyiladi)
hodisasini kuzatishimiz mumkin, ya’ni ijtimoiy tarmoqda kommentariya
yozayotgan insonlar rus tili yoki boshqa tillarning ta’sirida o‘zbekcha so‘zlarni
noto‘g‘ri qo‘llashadi.
Bugungi murochatda bilamiz biz hammasin. Agar bu murochatga
kulak salsag, hammamiz vatan xayiniga aylanamiz.
(Facebookdagi “Turkistonda inqilob” nomli xabarga yozilgan
Davlatjon Miks ismli shaxsning kommentariyasi)
50
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
|
| |