Klinikasi va diagnostikasi




Download 2.69 Mb.
bet10/17
Sana06.04.2017
Hajmi2.69 Mb.
#3254
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Klinikasi va diagnostikasi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va bolalar hayotining dastlabki yillaridagi de­kompensatsiya holatlari bilan og‘ir kechadi. Kattaroq yoshdagi bolalarda simptomlar kamroq ifodalangan bo‘lib, bemorda asosan nafas qisishi, tez charchash, yurak sohasidagi og‘riq, yurak urishi kabi shikoyatlar bilan o‘tadi.

Ob'ektiv tekshiruvda teri qoplamlarining rangparligi, bolaning o‘sish va rivojlanishda tengdoshlaridan orqada qolishi qayd qilinadi. Yurak chegaralari o‘ngga kattalashgan bo‘lib, auskultatsiyada to‘shning chap cheti bo‘ylab kuchli sistolik shovqin, III-IV qovurg‘alar orasida esa uning jarangliroq eshitilishi aniqlanadi.

EKGda qorinchalar gipertrofiyasi qayd etiladi.

Rentgenologik tekshiruvda o‘ng qorinchaning kattalashgani, o‘pka arteriyasi va uning tarmoqlarining kengaygani, chap bo‘lmachacha va qorinchaning birmuncha kattalashgani aniqlanadi. Yurak bo‘shliqlari zondlanganda o‘ng qorinchada qonning kislorodga to‘yinish darajasining ortishi qayd qilinadi, kateter o‘ng qorinchadan chap qorinchaga bemalol o‘tishi mumkin. Kateter chap qorinchaga kiritilganda kontrast modda o‘ng qorinchaga va o‘pka arteriyasiga tushadi.



Davolash - faqat jarrohlik usuli. Qorinchalararo to‘siqlardagi kichik nuqsonlarga P-simon choklar qo‘yib uni bartaraf etishdan iborat. Katta nuqsonlarda u teshikni sintetik mahsulotdan tayyorlangan yamoq bilan bekitish yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Rentgenendovakulyar jarrohlikni rivojlanishi bilan, davo usullari-ning yangi turlari ishlab chiqildi. Bunda, nuqsonni kateter va maxsus moslama (okklyuder) yordamida yopish usuli taklif kilindi.




Download 2.69 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Download 2.69 Mb.