Klinikasi va diagnostikasi




Download 2.69 Mb.
bet12/17
Sana06.04.2017
Hajmi2.69 Mb.
#3254
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Klinikasi va diagnostikasi. Ushbu xastaligi bor bolalarda, ko‘pincha jismoniy o‘sib yetilmaganlik qayd qilinadi. Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi, yurak urishi xurujlari, odatdagi jismoniy xarakatda tez charchab qolishdan iborat. Bemorlar nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklariga oson beriluvchan bo‘lib qoladilar. Ob'ektiv tekshirishda teri qoplamlari va shilliq pardalarning rangparligi, cho‘qqi turtkisining kuchayishi, yurak “bukriligi” borligi qayd qilinadi. Auskul­tatsiyada to‘shdan chaproqda, II qovurg‘alar orasida o‘pka arteriyasi ustida sistolik shovqin eshitiladi. Rentgenolo­gik tekshiruvda yurak o‘ng qorinchasi va bo‘lmachasi, shuningdek o‘pka arteriyasi va uning tarmoqlarida kengaymalar ko‘rinib turadi.

Exokardiografik skanerlash - yurak o‘lchamlaridagi o‘zgarishlarni, yurak bo‘lmachalariaro to‘siqning paradoksal harakatini ko‘rsatib beradi.

Yurak zondlanganda bosimning oshganligi, yurakning o‘ng bo‘limlarida va o‘pka arteriyasida qonning kislorodga to‘yinganligi qayd etiladi. Kateter nuqson orqali o‘ng bo‘lmachadan chap bo‘lmachaga o‘tishi mumkin.

Davolash - faqat jarrohlik usulda. Tug‘ma nuqsonlarni 4-8 yoshda bartaraf etgan ma'qulroq. Operatsiya sun'iy qon aylanish yoki sun'iy gipotermiya sharoitlarida bajariladi. Kichikroq nuqsonlar tikib quyiladi, 1-2 sm dan ortiq nuqsonlarda sintetik yamoq solinadi.



Download 2.69 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 2.69 Mb.