• Klinikasi va diagnostikasi.
  • O‘pka arteriyasining torayishi




    Download 2.69 Mb.
    bet13/17
    Sana06.04.2017
    Hajmi2.69 Mb.
    #3254
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    O‘pka arteriyasining torayishi

    O‘pka arteriyasining alohida torayishi - oqish (atsianotik) turdagi nuqsonlarga kiradi. O‘pka arteriyasi boshlanish joyining stenozi o‘ng qorinchadan kichik qon aylanish doirasiga qon oqib kelishiga to‘sqinlik vujudga keltiradi. Boshlang‘ich davrda o‘ng qorincha gipertrofiyasi yuz berib, keyinchalik o‘ng qorincha yetishmovchiligiga aylanadi. Ikkilamchi gipertrofiya va bo‘lmacha kengayishi tufayli trikuspidal klapanning nisbiy yetishmov­chiligi paydo bo‘ladi.



    Klinikasi va diagnostikasi. Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi (jismoniy xarakat vaqtida kuchayadi), yurakning tez-tez urishi, tez charchash, bolaning rivojlanishda orqada qolishi. Ko‘zdan kechirishda yurak “bukriligi”, to‘shning chap chekkasida II qovurg‘a­lar orasi paypaslab ko‘rilganda sistolik titrash aniqlanadi. Perkutor tekshiruvda yurak o‘lchamlarining o‘ngga kattalashgani aniqlanadi. Auskultatsiyada - to‘shning chap chekkasi bo‘ylab II qovurg‘alar orasida maksimal jaranglaydigan dag‘al sistolik shovqin eshitiladi. EKG da o‘ng qorincha gipertrofiyasi belgilari ko‘rinadi. Rentgeno­logik manzara o‘ng qorincha gipertrofiyasi, o‘pka arteriyasining klapanlardan yuqori ko‘tarilishi, o‘pka arteriya­si periferik tarmoqlari bo‘shlig‘ining torayishi bilan ta'riflanadi.

    Yurak zondlanganda o‘ng qorinchada bosimning oshishi kuzatiladi. O‘pka arteriyasida bosim normal yoki bir oz pasaygani holda, u simob ustuni hisobida - 300 mm ga yetishi mumkin.



    Davolash - faqat jarrohlik usuli. Qon aylanishi to‘xtatib quyilgan sharoitda, stenozni bartaraf etish jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.


    Download 2.69 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 2.69 Mb.