• Klinikasi va diagnostikasi.
  • Tug‘ma aorta «og‘zi» stenozi




    Download 2.69 Mb.
    bet14/17
    Sana06.04.2017
    Hajmi2.69 Mb.
    #3254
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Tug‘ma aorta «og‘zi» stenozi

    Klapan, klapan osti va klapan usti stenozlari tafovut qilinadi. Aorta «og‘zi» stenozi qonni chap qorinchadan katta qon aylanish doirasiga o‘tishiga to‘sqinlik qilib, uning ortiqcha ishlashiga, gipertrofiyaga uchrashiga, keyin esa dilatatsiyasiga va chap qorincha yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi. Gemodinamikadagi buzilishlar birinchi navbatda koronar va serebral qon aylanishi buzilishida namoyon bo‘ladi.



    Klinikasi va diagnostikasi. Nafas qisishi, tezda charchab qolish, yurak astmasi xurujlari, stenokardiyaga xos og‘riqlar, bosh aylanishi, xushdan ketish kuzatiladi. Ob'ek­tiv tekshirishda chuqqi turtkisining kuchayishi va chapga siljishi, aorta proeksiyasida dag‘al sistolik titrash aniqlanadi. O‘ng tomonda II kovurg‘alar orasida bo‘yin tomirlariga o‘tadigan sistolik shovqin eshitiladi. Puls to‘liqligi va tarangligi kuchsiz. Sistolik bosim pasaygan. EKG da levogramma, miokard ishemiyasi belgilari. Rentgenologik tekshirish yurakning gipertrofiyasi va kattalash-gan chap qorinchasi bilan tipik aortal konfiguratsiyasini aniqlaydi.

    Angiokardiografiya torayish joyi va o‘lchamlarini aniq belgilash, chap qorincha bilan aorta o‘rtasidagi bosim gradientini aniqlashga imkon beradi.



    Davolash - faqat jarrohlik usuli, simob ustuni hisobida 30 mm dan oshadigan bosim gradientida bajariladi. Operatsiya sun'iy qon aylanish yoki gipotermiya sharoitlarida stenoz­ni bartaraf etishdan iborat.


    Download 2.69 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 2.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tug‘ma aorta «og‘zi» stenozi

    Download 2.69 Mb.