Klinikasi va diagnostikasi




Download 2.69 Mb.
bet7/17
Sana06.04.2017
Hajmi2.69 Mb.
#3254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Klinikasi va diagnostikasi. Kasallikning dastlabki alomatlari bola tug‘ilgandan keyingi dastlabki soatlarda uning qichqirishi va emishi vaqtida yengil sianoz ko‘rinishida yuzaga chiqadi. Keyinchalik, sianoz va nafas qisishi birmuncha yaqqol namoyon bo‘ladi va 1-2 yoshga kelib doimiy tusga kirib, hatto bola tinch turganida ham yo‘qolmaydi. Katta yoshdagi bemorlar nafas qisishi, tez charchash, bosh og‘rig‘i, jismoniy ishga layoqatsizlikdan noliydilar. Aksariyat bemorlar o‘rindan turolmay yotadi-lar. Ahvol tobora yomonlashadi. Bemorlarning teri qoplamlari ko‘kimtir tusga kiradi, barmoq bilan bosib ko‘rilganda, shu joyda asta-sekin yo‘qoladigan oqimtir dog‘ qoladi. Ko‘pincha bemor badanida, o‘rta darajada kengaygan venalar ko‘rinib turadi, ular ko‘krak qafasi sohasida va bosh suyagi ustida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tirnoq falangalari nog‘ora tayoqchalari ko‘rinishiga kiradi. Mushak sistemasi sust rivojlanadi. Ko‘zdan kechirilganda aksari «yurak bukrisi» ko‘rinadi. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida I tonning qisqarganligi va o‘pka arteriyasi II ton sustlashganligi aniqlanadi. II—III qovurg‘alar orasida to‘sh suyagining chap chekkasida sistolik shovqin eshitiladi.

Qon analizlarida eritrotsitlar miqdori 6—10 |2 l gacha va gemoglobin miqdori 130—150 g/l gacha ko‘paygan.

Fonokardiogrammada o‘pka arteriyasi ustida shovqin va nuqson sohasi ustida va qorinchalararo to‘siqda shovqin qayd etiladi.

Rentgenologik tekshiruvda quyidagilar aniqlanadi: yurak bir me'yorda kengaygan, yurak beli yaxshi bilinadi, cho‘qqisi yuqoriga siljigan. O‘pka arteriyasi sathidagi kontur yassi va ichiga botgan; aortaning yuqoriga ko‘tariladigan qismi va ravog‘i kengaygan; o‘pkaning tasviri xiralashgan, ildizlari soyasi kamaygan bo‘ladi.

Zondlashda kateter bevosita o‘ng qorinchadan aorta­ning yuqoriga kutariladigan qismiga o‘tadi. O‘ng korinchaga kontrast yuborilganda ayni vaktda o‘pka arteriyasi va yuqoriga ko‘tariladigan aorta to‘ladi, o‘pka arteriyasi stenozi aniqlanadi (3 rasm).

Davolash. Faqat jarrohlik usuli qo‘llaniladi. Fallo tet­radasida jarrohlik amaliyotlari palliativ va radikal bo‘lishi mumkin.

Palliativ jarrohlik amaliyotlari aorta bilan o‘pka arteriya­si o‘rtasida tutashma (yo‘l) xosil qilinib, kuchsiz arterilizatsiyalangan qonning aortadan o‘pka arteriyasiga, toraygan qismini chetlab o‘tib, tushishi ta'minlanadi. Radikal jarrohlik amaliyotlari o‘pka arteriyasi stenozini bartaraf etish, qorinchalararo to‘siq nuqsoniga yamoq solishdan iborat bo‘ladi. Shunday yamoq, chiqish bo‘limining ehtimol tutilgan torayishini bartaraf qilish maqsadida, o‘ng qorincha devori kesmasiga tikiladi. Eng ko‘p tarqalgan amaliyotlarga Blelok-Tausig jarrohlik amaliyoti kiradi.

Bunda o‘ng o‘mrov osti arteriyasi va o‘pka arteriyasini o‘ng tarmog‘i orasida anastomoz qo‘yiladi. Odatda, radikal operatsiyadan oldin birinchi bosqichda palliativ usul qo‘llaniladi.



Download 2.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 2.69 Mb.