Auditoriyaga beriladigan savolar




Download 2.69 Mb.
bet4/17
Sana06.04.2017
Hajmi2.69 Mb.
#3254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Auditoriyaga beriladigan savolar

1. Kuk YuTN nima?

2. Ok YuTN nima?

3. Kuk YuTNga kiadigan nksonlarni ayting.

4. Ok YuTNga kiadigan nksonlarni ayting.

5. Tetrada Falloga xarakteristika bering.


Yurak anatomik va fiziologik ma'lumotlari

Yuqori va pastki kovak venalar qonni yig‘ib uni yurakning o‘ng bo‘lmachachasiga tashiydi. Qon o‘ng bo‘lmachachadan o‘ng qorinchaga uch tavaqali klapan bilan ta'minlangan bo‘lmachacha-qorincha teshigi orqali tushadi. O‘ng qorinchadan qon o‘pka arteriyasi bo‘ylab o‘ng va chap o‘pkalarga yetadi. Ulardan arterial qon to‘rtta vena orqali chap bo‘lmachachaga tushadi, keyin esa chap venoz teshik va bo‘lmachacha-qorinchaaro ikki tavaqali mitral klapan joylashgan teshik orqali chap qorinchaga tu­shadi. Keyin qon uchta yarimoysimon tavaqalardan tashkil topgan klapan bilan ta'minlangan aortal teshik orqali aortaga yo‘naltiri-ladi. O‘ng va chap bo‘lmachachalar, o‘z davomida qorinchalararo to‘siqqa o‘tadigan bo‘lmachachalararo to‘siq bilan bo‘lingan.

Yurakning qon ta'minoti aortadan va Valsalva sinusi sohasidan chiqadigan ikkita toj arteriyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yurak venalari toj sinusiga yoki bevosita o‘ng bo‘lmachacha va qorinchaga quyiladi. Yurak mushagi strukturasi va faoliyati bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan ikkita element - qisqaruvchi miokard tolalari va o‘tkazuvchi sistemadan tashkil topgan. Yurakning o‘tkazuvchi sistemasi o‘ng qorincha devorida joylashgan sinus tugunidan (Keyt-Flak tuguni) iborat. Sinus tugunidan keladigan impulslar atrioventrikulyar tugunga tarqaladi, chap va o‘ng oyoqchalarga bo‘linadigan bo‘lmachacha-qorincha tutamlariga o‘tadi.

Yurakning ish faoliyati davri (sikli) qorinchalar sistolasi va diastolasi davriga bo‘linib, ularning oxirida bo‘lmachachalar sistolasi sodir bo‘ladi. Yurak qorinchalari tomonidan qon tomirlarga haydaladigan qon hajmi, yuza­ maydoniga bo‘lingan minutlik qon hajmi - yurak indeksi deb ataladi. Katta odamda osoyishta holatda yurak indeksi 3,5-4 l (min.m2) ga teng, jismoniy ish bajarilayotganda esa, uning ko‘rsatkichi 5-10 martaga ortadi. Chap qorincha va aortada normal bosim simob ustuni (Hg) hisobida 120 mm dan, o‘ng qorincha va o‘pka arteriyasida - 25 mm dan oshmaydi. Perikard esa, yurakni qoplab turgan berk seroz qopchiq xisoblanadi.





Download 2.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 2.69 Mb.