Maxsus tekshirish usullari




Download 2.69 Mb.
bet5/17
Sana06.04.2017
Hajmi2.69 Mb.
#3254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Maxsus tekshirish usullari. To‘liq klinik diagnoz (tashxis) qo‘yish, gemodinamika holatini aniqlash, yurak miokardi qisqarishi faoliyatini izdan chiqish (buzilish) darajasini aniqlash uchun, odatda quyidagi tek­shiruv usullari qo‘llaniladi:

I. Noinvaziv tek­shiruv usullari: exokardiografiya, rentgenografiya, kompyuter tomografiya (KT), magnito-resohans tomografiya (MRT).

Ultratovush tekshiruv yordamida (exokardiografiya) yurak to‘sig‘i, yurak klapanlari nuqsonlarini diagnostika qilish, miokard qisqarish funksiyasi buzilishlarini aniqlash, yurak ichi va markaziy gemodinamika xolatining aniqlash imkonini beradi.

Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi diagnostik usul sifatida keng kullaniladi, albatta bu tekshiruv 3 proeksiyada, qizilo‘ngachni kontrastla-gan holda bajarishili shart: to‘g‘ri, chap va o‘ng qiyshiq pozitsiyalarda.

KT va MRT yuqoridagi tek­shiruv usullarini to‘ldiradi.

II. Invaziv tek­shiruv usullari:

Yurak bo‘shliqlarini Seldinger usulida kateterlar yordamida zondlash. Zond yuborishning uchta usuli farq qilinadi: venoz, arterial va yurakni igna orqali punksiya qilish. Tekshirishda yurak bo‘shliqlaridagi bosim o‘lchanadi, qon gaz tarkibiga baho beriladi va ventrikulografiya bajariladi (1 rasm).

Selektiv koronarografiya – yurakning toj arteriyalariga kontrast modda yuborib, uning o‘tkazuvchanligiga aniqlash va baho berishga aytiladi.




Download 2.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 2.69 Mb.