• Avtoportretni
  • -bosqich: Yangi mavzu bayoni




    Download 117 Kb.
    bet7/10
    Sana04.04.2017
    Hajmi117 Kb.
    #2975
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    3-bosqich: Yangi mavzu bayoni: (15 daqiqa)

    Darsning maqsadi bilan tanishtiriladi. Portret janrini o’rganish orqali insonnig ichki kechenmalarini, uning manaviyatini, puhiy holatini bilishga o’rgatadi.

    Aqliy hujim” metodidan foydalanish orqali o’quvchining bugungi mavzu bo’yicha bilimini aniqlab olamiz.

    Portret deganda nimani tushunasiz?

    O’qituvchi:

    “Portret” fransuzcha “portrait” so’zidan olingan bo’lib, kishilarning chehrasini xuddi o’ziga o’xshatib tasvirlash ma’nosini bildiradi. Portretda kishilar yakka va guruh bo’lib tasvirlanadi. Portretni ishlashda garfikada, haykaltaroshlikda ham keng qo’llaniladi. Ayrim buyumlarning sharpasi va tashqi ko’rinishi orqali harakterli ko’rinishi tasvirlashda tusli tasvirning oddiy turi tanlanadi, bu siluet deb nomlanadi, yani bir xil tekis tus bilan qoplanib, tashqi ko’rinishi chizig’i orqali bajariladi.

    Rassomlar ijodida avtoportret xili xam keng tarqalgan. Avtoportretni rassom oynadagi o’z aksiga qarab yaratadi.

    Portretchi asarning o’z qahramoni tashqi qiyofasi o’xshash bo’lishiga erishishdan tashqari uning millati, kasbi, tabaqasini ham ifodalay olishi kerak.

    Inson obrazini yaratish tasviriy san’atda eng murakkab jarayon hisoblanadi. Portret orqali inson obrazini mohirona ko’rsata olgan o’zbek rassomlaridan Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev kabi rassomlarni kiritish mumkin. Ayniqsa bular ichidan Malik Nabiyevni alohida tilga olib o’tish joiz. M. Nabiyev ko’plab buyuk siymolar obrazini o’ziga xos talqin eta olgan. Uning “Amir Temur” portreti fikrimiz dalilidir. Bundan tashqari M. Nabiyevning o’z ijodida buyuk siymolar tavalludi munosabati bilan ulug’ mutaffakkir olim Abu Rayhon Beruniyning siymosini yaratadi.



    Download 117 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 117 Kb.