Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni kasb-hunar yo’naltirishga oid tadbirlar




Download 1.68 Mb.
bet14/15
Sana29.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#40010
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kasb tanlashga yo‘llash
ffJhTciKTsOMpxLHuJGUjWEIeUAiplNL7WwhnrHw, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, sodapdf-converted, Ijara shartnoma 1680543268498, Using Technology and Collaboration to Support Reading Comprehensi, mustaqil ish, EhtimolExcel, mavzu04, Reja, Hujjat (2), mm, 2-mustaqil, 2-mavzu-1, Cho’yanlarni mikrostrukturalarining tahlili
2.2. Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni kasb-hunar yo’naltirishga oid tadbirlar
Respublikamiz mustaqilikka erishganidan so’ng hukumatimiz xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Hozirgi kunda maktablarda, xususan texnologik ta’lim darslari, mashg’ulotlarida, to’garaklarda «ustoz» va «shogird» an’analari tiklanib, davom etmoqda.
Kuzatishlarimizda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ko’pgina o’quvchilar naqqoshlik, yog’och va ganch o’ymakorligi, misgarlik kabi xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligiga xayrihohdirlar. SHuning uchun ular darslarda amaliy mashg’ulot paytlarida xalqimizning nodir hunarmandlari bilan bog’liq bo’lgan savollar beradilar. Ana shularni e’tiborga olgan holda maktabning texnologik ta’lim to’garagida milliy amaliy sanhat va xalq hunarmandchiligi sohalari o’rgatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Sinfdan tashqari sharoitda olib boriladigan ishlar o’quvchilarning qiziqishi, xohish va istaklari asosida tuzilsa qo’yidagi natijalar qo’lga kirtiladi:
- o’quvchilarning ahloqiy sifatlari boyiydi, ularning tafakkur darajasi kengayadi, ularda ma’lum kasb-hunar asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttiradi;
- o’quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi yuzaga keladi;
- o’quvchi – yoshlarning dunyo qarashi kengayib, ularda ijodiy mehnat qilish tuyg’usi tarbiyalanadi.
- o’quvchilarda shaxsiy ehtiyoji va qiziqishlari borasidagi, shuningdek, jamiyat
talablariga javob bera oladigan kasblarni tanlash istagi yuzaga keladi.
Sinfdan tashqari sharoitda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlari qo’yidagi talablar asosida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi:
- sinfdan tashqarii to’garak ishlarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda, o’quvchilarning qiziqishi, ehtiyoji, hohishi, yosh xususiyatlari, ijtimoiy tayyorgarlik darajasi hamda tajribasi hisobga olinishi zarur;
- sinfdan tashqari sharoitda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish to’garak ishlarini tashkil etishda ularning mustaqil faoliyat yuritishlari, ijodiy fikrlashlariga erishish muhim;
- o’quvchilar tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlarini alohida qayd etib borish, ularni rag’barlantirish hamda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatishlari uchun imkoniyat yaratishga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.
Dunyodagi kasblar, hunarlar, ularning sir asrorlari bilan tanishtirish, qadim ota-bobolarimiz shug’ullangan turli xil hunarmandchilik naqqoshlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, kandakorlik, beshikchilik, pichoqchilik, miskorlik, kashtachilik, etikdo’zlik, do’ppi tikish, zardo’zlik, gilamchilik, kosibchilik, to’quvchilik, zargarlik, kulolchilik kabi kasb hunarlar bilan tanishtirish mehnat darslarida va sinfdan tashqari ishlarda kasb tanlashga yo’llash amalga oshiriladi.
Kasbga yo’naltirish zamon bilan ham nafas olib borilishi zarur. SHu sababdan o’quvchilarni kasb – hunarga to’g’ri yo’naltirish bilimlarni chuqurroq berish, nazariya bilan amaliyot uzviyligini ta’minlash ularni ilm hunarga ishtiyoqmandligini, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashimiz zarur. O’quvchilarda kasbga bo’lgan qiziqishni shakllantirish uchun uni vujudga keltirgan muhit va sharoitni aniq bilish lozim. Bu sharoitlar qo’yidagilardir:
Kasbiy ma’lumotlarni yetarlicha berib borish: Kasbga yo’naltiruvchilar: ota-ona, fan o’qituvchilari, sinf rahbarlarining ish o’z so’ziga munosib bo’lgandagina o’quvchining sevgan kasbiga chuqurroq bog’lanishini e’tiborga olish.
Maktab, oila, mahalla, kasb - hunar kollejlari, tashxis markazlarining faoliyatini kuchaytirish:
Kim bo’lishni istayman”, “Nima uchun shu kasbni tanladim?” savollariga javob izlash unga yangi innovatsion texnolgiyalardan foydalanish:
Kasb tanlashga qiynalayotgan va ikkilanayotgan o’quvchilar bilan indvidual tarzda ishlash.
Umum texnika va kasbiy fan to’garaklari faoliyatini ildam rivojlantirish:
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarining kasbga bo’lgan qiziqishi va moyilliklarini yanada rivojlantirish maqsadida turli to’garaklar uyushtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
To’garakda xalq hunarmandchiligiga oid ishlarni tashkil etishda va o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. O’quvchilarning xalq hunarmandchiligining qaysi sohasiga qiziqishini aniqlash.
2. Amaliy mashg’ulot uchun sharoit yaratish, kerakli asbob-uskuna va adabiyotlarni ta’minlash.
3. To’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarga xalq hunarmandchiligiga oid nazariy ma’lumotlarni berib borish.
4. Mashg’ulotlar davomida «Ustoz» va «SHogird» munosabatlari va muomila madaniyatini singdirib borish.
5. Amaliy ishlarning ko’proq nusxada tayyorlanishiga imkoniyat yaratish. Bunda maktabga tayyorlangan ishlar kelgusi sinflar qiziqishi, oila uchun tayyorlangan nusxalar maktab bilan aloqani vujudga keltirish, sotuv uchun tayyorlangan namunalar moddiy manfaatdorlikni yaratishga olib keladi.
6. To’garak a’zolari tayyorlagan juva, sandiqcha, eshik, darvoza, turli xil narsalar qo’yish uchun taglik va shunaga o’xshash hunarmandchilik buyumlarini sotishni yo’lga qo’yish.
7. Savdodan tushgan daromadni taqsimlash va sarflashni o’rgatib borish. O’quvchilarni texnologik ta’lim darslarida olgan bilim, ko’nikma va malakalarini darsdan so’ng to’garak mashg’ulotlarida qo’llaydilar. Ular to’garak mashg’ulotlarida erkin ijod qiladilar, turli xil buyumlar tayyorlashga intiladilar.
Kasb hunarga yo’naltirishni kuchaytirish jarayonini takomillashtirish masalalarini yoritish uchun o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarii mashg’ulotlarda amalga oshirilayotgan kasb tanlash ishlari tashkiliy shakli va mazmuni bo’yicha xilma-xildir. Maktab o’quvchilarining kasb-hunarga qiziqishlarini tarbiyalash shakllariga alohida to’xtalib o’tish kerak.
XULOSA
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kasb-hunar tushunchalarini shakllantirish, ularni kasb-hunar tanlashga yo’llash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muammo. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash g’oyat muhim vazifadir.
Shu boisdan yoshlarning kasb tanlash muammosi umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich sinflarida katta o’rin tutadi. “Mening orzuim”, “Kim bo’lsam ekan”, “Men sevgan kasb”, “Kasbning yomoni yo’q”, “Kasbim faxrim” degan mavzular har bir yigit va qiz uchun asosiy muammolardan biridir. O’quvchilarning o’qishga bo’lgan chaqqonligini qondiruvchi birinchi ziyo – chashma bu maktabdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda kasblar tiplarini mustaqil holda bilish (Inson tabiati, inson texnika, inson badiy timsol, inson belgilar tizimi), tanlayotgan kasbning talablarini o’z shaxsiy sifatlari bilan qiyoslay olish, o’z moyilligi qobilyati, salomatligi tanlanayotgan kasbga muvofiqligini, to’g’ri baholash ko’nikmalari shakllanishi lozim. Uslubchining kasb tanlashga yo’llashdagi vazifasi – har bir o’quvchini, uning kasbga va bilimga qiziqishlarini, moyillik, ehtiyojlari, atrof-muhitni, oilaviy ahvolini yaxshi va har tomonlama o’rganishdan iborat bo’lishi kerak.
Bu maqsad va vazifalaridan kelib chiqib o’qituvchi:
o’quvchilarga “kasb” tushunchasining mahnosini yoritib berish, ularni kasblarning klassifikatsiyalari bilan tanishtirish;
- o’quvchilar “kasbiy qiziqish”, “mayllik” tushunchalari bilan tanishtirish;
- o’quvchilarni kasb tanlashga asosan o’quv va ijtimoiy – mehnat uyushmasiga nisbatan ongli yondoshishga erishish;
- o’quvchilarga kasb tanlashda o’z salomatligini hisobga olish zarurligini tushuntirish;
- o’quvchilarga “Kasbiy layoqat” tushunchasining mohiyatini ochib berish, kasb tanlashga mulohaza bilan yondoshishni shakllantirish;
- qobiliyatlarni kasb tanlashdagi ahamiyatini tushuntirish, umumiy va alohida qobiliyatlar haqida tasavvur hosil qilish:
- har bir o’quvchiga tanlangan kasbini egallashi uchun amaliy yordam ko’rsatishi, unda ijtimoiy – mehnat uyushmasiga ijodiiy yondoshishni rivojlantirish.
Yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar, vazifalar, manbalar yosh avlodni ongli ravishda kasb-hunar tanlashga yo’nallash yoshlarning kasbni erkin va mustahkam tanlashlari uchun mustaqil zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qo’llash lozim. Bu tizim boshlang’ich ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonida uzviylikda amalga oshiriladi.
Bizning vazifamiz kelajagimiz bo’lgan o’quvchilarni kasb-hunarga, ijtimoiy-iqtisodiy bilimga ega bo’lgan, bozor sharoitini biladigan har tomonlama tushunadigan, ma’lumotli yigit - qizlarni tayyorlash.“Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi hulq fazilatlarga ega bo’lmog’i kerak”. Abu Nosir Farobiy.



Download 1.68 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni kasb-hunar yo’naltirishga oid tadbirlar

Download 1.68 Mb.