|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar tasnifi
|
bet | 11/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 472,49 Kb. | | #111446 |
Bog'liq Daler FAYZULLAYEV-kurs ishi
Korxonalarning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Respublika Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari doirasida
va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar;
mol - mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash
xarajatlari;
zararlar;
sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va hokazolarga)
mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar;
o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar;
moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. Favqulodda zararlar
Favqulodda zararlar - bu korxonalarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalardir. Bunga davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr moddalari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos bo‘lmasligi kerak;
bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi lozim;
boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq
bo‘lmasligi kerak.
Tegishli moddalarni favqulodda zararlarga kiritish yoki kiritilmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda korxona faoliyat yuritayotgan sharoit ham hisobga olinadi. Masalan, korxona alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa va uning shu iqlim sharoitiga bog‘liq holda ishlamay turib qolishlari favqulodda holat deb baholanmaydi. Chunki ushbu holat «bir necha yil mobanida takrorlanmasligi kerak» degan mezonga javob bermaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi sharoitda korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishi bilan bog‘liq xarajatlari o‘sish tendensiyasiga ega. Bunga xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya va uskunalarning qimmatlashishi, kreditdan foydalanish uchun foizlar stavkasining o‘sishi, transport xizmatlari tariflarining ko‘tarilishi, reklama xarajatlarining ko‘payishi sabab bo‘lmoqda.
|
| |