|
Geologiya fanlari universiteti neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti
|
bet | 13/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 472,49 Kb. | | #111446 |
Bog'liq Daler FAYZULLAYEV-kurs ishiQisqacha xulosalar
Korxona ishlab chiqarish faoliyati davomida xarajatlarni doimiy ravishda minimallashtirib, optimallashtirib borish kerak. Korxona sarflayotgan har qanday xarajat(moddiy xarajatlar, mehnatga haq to‘lash xarajatlari, amortizatsiya, yoqilg‘i va energetika, sotish va boshqalar)lar ishlab chiqarilayotgan mahsulot (tovar) tannarxida yotadi. Korxona esa bozor talabi va taklifidan kelib chiqqan holda ishlab chiqargan mahsulotini sotadi. Tannarx bilan mahsulotning bozordagi sotilish narxi orasidagi tafovut qancha ko‘p bo‘lsa foyda shunga mos ravishda ortadi albatta.
II-BOB. XARAJATLARNING ASOSIY TURLARI VA ULARNING
TASNIFI
2.1. Ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Ishlab chiqarish xarajatlariga, asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishga tayyor holatda saqlab turish - kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash, mashina va asbob-uskunalarga qarash va ekspluatatsiya qilish uchun sarflanuvchi barcha xarajatlar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta‘mirlash bo‘yicha murakkab ishlar amalga oshirilib, harajatlar bir xilda taqsimlanmaganda korxonalar mahsulot tannarxi hisobiga asosiy fondlarni ta’mirlash uchun zahira fondlari tashkil qilishi mumkin.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta‘sir qilish yoki qilmasligiga qarab
xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar dеyiladi.
Doimiy harajatlar (FC) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bеvosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (zayomlar bo‘yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.
O‘zgaruvchi harajatlar (VC) dеb, ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, matеrial, yonilg‘i-transport xizmati,
ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.Ishlab chiqarishning har
bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan harajatlar yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlar (TC)ni tashkil qiladi.
Doimiy (FC), o‘zgaruvchi (VC) va yalpi (TC) harajatlarning grafikdagi ifodasini ko‘rishimiz mumkin.
|
| |