• XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………...… 35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………. 36 KIRISH Mavzuning dolzarbligi
  • Geologiya fanlari universiteti neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti




    Download 472,49 Kb.
    bet2/19
    Sana05.12.2023
    Hajmi472,49 Kb.
    #111446
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Daler FAYZULLAYEV-kurs ishi

    ETUVCHI OMILLAR VA XARAJATLARNI
    MINIMALLASHTIRISH……..……………………………………21
    2.1. Ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar tahlili..................21
    2.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy
    yo‘nalishlari ………………………………………………......…….27
    XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………...…35
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….36

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda global iqtisodiy jarayonlar zaminida iqtisodiyotni barqaror holatda o‘sishini ta’minlash dunyo hamjamiyati bilan manfaatli kelishuvlar o‘rnatishni taqozo etadi. Bu kelishuvlar o‘z o‘rnida Jahon bozorlari standartlarga mos, sifat va narx jihatdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish, mavjud ishlab chiqarish korxonalariga yangi muqobil innovatsion texnika-texnologiyalarni tatbiq etish iste’molchilar talablarini sifatli va yetarlicha qondirilishiga imkon yaratadi.
    Soliq yig‘imlarini minimallashtirish, tayyor mahsulot eksporti va arzon homashyo importini rag‘batlantirish, transport-logistika sohasida sodda va tizimlashtirilgan savdo – sotiq aloqalarni amalga oshirish ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishiga, ishlab chiqarish hajmining oshirilishiga xizmat qiladi,xarajatlar esa bunda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
    Ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z faoliyatini minimal xarajat qilgan holda yuqori foyda olish maqsadida tashkil etadi. Korxonalar o‘z faoliyatini foyda olish maqsadida tashkil etib, ma’lum muddat faoliyat yuritib, keyinchalik xo‘jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatayapti. Bunga asosiy sabab ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) turiga talabning kamayib ketishi, ishlab chiqarishning zarar keltirishi va hakozo. Ushbu korxonalar kelgusida ishlab chiqarayotgan mahsuloti (xizmat)ga talabning qay darajada bo‘lishini, ishlab chiqarish va xarajat ko‘rsatgichlarini, bozor infratuzilmasini, talab – taklif nisbatlarini yetarlicha hisob - kitob qilmasdan faoliyat yuritgan. Ayrim ishlab chiqarish korxonalari esa o‘z faoliyatini boshlagandan, qisqa davr mobaynida ijobiy natijalarga erishmoqda.
    Korxona xarajatlarini shakllantirish va kamaytirishda korxona joylashuvini qulay tanlash (qulay joylashuv ortiqcha xarajatlarni qisqartiradi), tobora arzon xomashyo va resurs manbayiga ega bo‘lib boorish, bozor talab qilgan xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, xom ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejab - tergab ishlatish asosida joriy harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish,kam xomashyo va mehnat bilan yuqori rentabellikga erishish, kapital tarkibini shakllantirish (aylanma kapital), mehnat motivatsiyasini kuchaytirish, umumiy xarajatlar va daromadlar ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini standartlashtirish, ishlab chiqarilayotgan tovar hajmini doimiy rejalashtirish, ichki va tashqi bozor muhiti haqida doimiy axborotlarga ega bo‘lish va shu kabi omillar rol o‘ynaydi.
    Korxona faoliyatida uning barqaror rivojlanishiga turtki bo‘luvchi, ko‘pchilik e’tiborga olmaydigan jihatlardan biri korxona ichki qadriyatlarini shakllantirish, mehnat motivatsiyasini kuchaytirishdir. Ushbu jarayonlar orqali korxona ichki muhiti sog‘lomlashtiriladi, hodimlarning malakasi doimiy oshirilib boriladi. Korxona malakali ishchi xodimlarni ishga qabul qilish orqali yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar soni kamaytirilishi va ortiqcha vaqti sarf bo‘lmasligini ta’minlaydi.
    Rentabillik ko‘rsatgichlari korxonaning samaradorligini ko‘rsatadi. Rentabellik korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkich. Rentabellik foyda olib ishlashning qiyosiy, ya’ni sarf – xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan ko‘rsatgichi bo’lib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashina, uskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilg‘i, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa narsalar sotib olish) mazmunan har xil bo‘lganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlarini qo‘llash zarur hisoblanadi.

    Download 472,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 472,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geologiya fanlari universiteti neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti

    Download 472,49 Kb.