|
Korxonalarning ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalari
|
bet | 9/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 472,49 Kb. | | #111446 |
Bog'liq Daler FAYZULLAYEV-kurs ishiKorxonalarning ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalari - bu ijtimoiy fondlarga (Pensiya fondiga, aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish fondiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga) majburiy ajratmalardir.
Korxonalarning ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlariga quyidagilar tegishli:
ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari (ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari hamda buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari; yong‘indan saqlash va qo‘riqlashni hamda korxonaning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari; ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar; tekin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, korxona xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to‘lash xarajatlari; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati va boshqalar);
ishlab chiqarish xodimlarining belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar;
ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug‘urta
qilish xarajatlari;
yo‘qotishlar;
kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga
kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;
ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to‘lanadigan nafaqalar;
umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan
yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar.
|
| |