-rasm.Xarajatlarning namoyon bo‘lish




Download 472,49 Kb.
bet5/19
Sana05.12.2023
Hajmi472,49 Kb.
#111446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Daler FAYZULLAYEV-kurs ishi

1.1.4-rasm.Xarajatlarning namoyon bo‘lish
sohasiga ko‘ra turkumlanishi

Moddiy xarajatlar o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

  • xomashyo va materiallar xarajatlari;

  • texnologik maqsadlar va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg‘i va energiya;

  • xarid qilinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar;

  • sotib olingan qadoqlash va o‘rov materiallari xarajatlari;

  • mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;

  • boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;

  • xizmat davri bir yilgacha bo‘lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi yoki har bir instrument, inventar, laborotoriya uskunalari va maxsus kiyim-bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;

  • tabiiy xomashyodan foydalanish bilan bog‘liq soliq, yig‘im va boshqa to‘lovlar;

  • ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar;

  • tabiiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo‘lmagan holda yuzaga keladigan yo‘qotishlar.

Amortizatsiya ajratmalari miqdoriga teng bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi xarajatlarning yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasini kiritish mumkin.
Mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar - korxonaning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatga haq to‘lashga sarflanadigan xarajatlar bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofotlar, rag‘batlantiruvchi va kompensatsiya to‘lovlari, jumladan, qonunchilikda belgilangan normativlar chegarasida narxlarning o‘sishi va indeksatsiya uchun to‘lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo‘lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar uchun to‘lanuvchi haqni o‘z ichiga oladi.

Download 472,49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 472,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm.Xarajatlarning namoyon bo‘lish

Download 472,49 Kb.