|
Geologiya fanlari universiteti neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti
|
bet | 4/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 472,49 Kb. | | #111446 |
Bog'liq Daler FAYZULLAYEV-kurs ishi1.1.1-rasm. Xarajat turlari
Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati moddiy va mehnat xarajatlari bilan bog‘liq. Xarajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning jami xarajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va unga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot korxonaga qanchaga tushayotganini aniqlash mumkin.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo‘yicha xarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar.
Mahsulot (xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:
moddiy xarajatlar;
asosiy fondlar amortizatsiyasi;
mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;
ijtimoiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan xarajatlar; boshqa xarajatlar.
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismi bo‘lib, umumiy xarajatlarning 60 - 80 foizini tashkil qilishi mumkin.
1.1.2-rasm. Ishlab chiqarish harajatlari
1.1.3-rasm. Umumiy xarajatlar
UMUMIY HARAJATLAR
Ishlab chiqarish xarajatlari
Muomala xarajatlari
Yonilg‘i va moylash materiallariga xarajatlar
Homashyo
xarajatlari
Sof muomala xarajatlari
Amartizatsiya va h.k
Ish haqi
Qo‘shimcha muomala
harajatlari
|
| |