|
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari
|
bet | 8/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 472,49 Kb. | | #111446 |
Bog'liq Daler FAYZULLAYEV-kurs ishiIshlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari - bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlardir. Ularga quyidagilar kiradi:
korxonada qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay rassenkalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib, amalda bajarilgan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ish uchun hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar;
kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlariga
ustamalar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar (texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlariga ustamalar va qo‘shimcha haq, ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar, hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar va h.k.);
ishlanmagan vaqt uchun to‘lov (foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash, harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yig‘inlar va boshqalar uchun mehnat haqi to‘lash va h.k.);
korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga, ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi
xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
|
| |