|
Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quyidagilar kiritilgan
|
bet | 6/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 472,49 Kb. | | #111446 |
Bog'liq Daler FAYZULLAYEV-kurs ishiMazkur xarajatlar elementlari qatoriga quyidagilar kiritilgan:
amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari va shu kabilar asosida to‘lanuvchi ish haqi;
xodimlarga natural to‘lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati;
ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beriluvchi mukofot va boshqa to‘lovlar;
qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va hokazolar qiymati;
har yillik mehnat va o‘quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi to‘lovlar;
korxonani qayta tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan bo‘shatilgan xodimlarga to‘lanuvchi mablag‘lar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq korxonalarning xarajatlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar;
korxona umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab
chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari - favqulodda zararlar.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: - ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
to‘lash xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining eng yirik elementi - moddiy xarajatlardir.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibida ularning hissasi 60-90 foizni tashkil etishi mumkin.
|
| |