Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi




Download 472,49 Kb.
bet7/19
Sana05.12.2023
Hajmi472,49 Kb.
#111446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Daler FAYZULLAYEV-kurs ishi

Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi:

  • mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar;

  • normal texnologiya jarayoniga ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash, mahsulotlar yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbobuskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish shulardan foydalanish uchun) materiallar, shuningdek, asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar, laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim - bosh va boshqa arzon baho ashyolarning eskirishi;

  • sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;

  • tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy

  • bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli

bo‘lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar;

  • tabiiy xomashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo‘jaligi tizimida belgilangan limitlar doirasida va undan ortiq olinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun yog‘och taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash xarajatlari;

  • texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari;

  • korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik

ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya;

  • ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi;

  • korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).

“Moddiy xarajatlar” elementlari bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining yirik elementlariga asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishidir. Qaysikim, u amortizatsiya ajratmalari summasiga tengdir. Unga asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasi ham kiradi.

Download 472,49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 472,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi

Download 472,49 Kb.