|
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari
|
bet | 15/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 472,49 Kb. | | #111446 |
Bog'liq Daler FAYZULLAYEV-kurs ishi2.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining qonuniyatidir. U mehnat unumdorligining to‘xtovsiz o‘sishi, mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va mehnat resurslaridan ratsional foydalanish, xo‘jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun nurashning ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning har bir foizning absolyut hajmi o‘sib bormoqda. Umuman, respublika bo‘yicha sanoat mahsuloti tannarxini faqat 1% ga pasaytirilsa 3 mlrd. so‘m miqdorida iqtisod qilinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yillarini keltiramiz. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko‘rsatadi. Yangi texnikani joriy qilish va mahsulot tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish jarayonalarining kamayishiga kompleks ta’sir ko‘rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaraliroq foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi. Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirsh hamda kullanilayotgan texnikadan foydalanishni hisobga ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida o‘tgan va jonli mehnatni tejashga erishiladi.
Moddiy resurslarda buyumlashgan o‘tgan mehnatni tejash xuddi shu miqdordagi xomashyova materiallardan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi, jonli mehnat sarfini tejash mahsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi, yani har bir ishchiga hisoblanganda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilg‘or
tehnologiya ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish asosida mehnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.
Moddiy va pul mablag‘larini sarflashda qat’iy iqtisodiy tejashga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Asbob-uskunalarni asrashga dori sarflarini kamaytirish, material shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan maksimal foydalanish. Brak natijasida ro‘y beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish haqi fondini ratsional sarflash fabrika va umumzavod xarajatlarini kamaytirish – bularning barchasi u yoki bu darajasida mahsulotning arzonlashuviga ta’sir ko‘rsatadi.
Moddiy texnika taminotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini kamaishiga olib keladi. Korxonaning xomashyomaterial, yoqilg‘i va energiya yetkazib berishning uzilib qolishi ishlab chiqarish ritmini buzishga, bekor turib qolishlariga oy oxirida haybarakallachilikka va oqibat natijada unumsiz xarajatlarga olib keladi. Korxona iqtisodiyotga haddan tashqari normativdan ortiqcha zaxiralarni bo‘lishi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zaxira ko‘payib ketganda oborot mablag‘lari oshib ketadi, moliyaviy ahvol yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga mehnatni tashkil etishda
takomillashtirish ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday texnikadan hatto yangisidan ham ishlab chiqarishni to‘gri tashkil qilmay turib, maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. Shuning uchun texnologik protsesslarni mexanizatsiya va avtomatlashtirish bilan bir qatorda, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor berish kerak.
Mahsulot tannarxini pasaytirishda hisobotning roli kattadir. Hisob olib borish yoqilg‘i va energiyadan, xomashyova materiallardan ratsional foydalanishga yordam beradi, xarajatlarni kamaytirish va korxona jamg‘armasini oshirish imkonini beradi. Kollektivning kuchini yetishtiriladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirish va hisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo‘llarni aniqlash ortiqcha xarajatlarning sababini ochib tashlash uchun bu xarajatlarni doimiy analiz qilib turish kerak. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini analiz qilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarning takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Lekin analiz fakatgina tannarxning pasaytirsh rejasini
bajarilishiga qo‘yilgan baho bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish xarajatlarini yanada kamaytirish uchun tahliliy va texnikaviy harakatlarni ham ko‘rishi kerak.
Mahsulot ishlab chiqarishni analiz qilishning ishchilarning aktiv ishtirok etishlari uni pasaytirishning muhim yo‘lidir.Xarajatlar korxonaga bog‘lik bo‘lmagan omillarga qarab o‘zgaradi. Masalan: resurs narxi har xil xizmat haqqining tebranishi korxona xohishidan qat’iy nazar xarajatlarni o‘zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish ko‘lami kengaysa, resurslar sarfi qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya joriy etilganda xarajatlar keskin qisqaradi. O‘rtacha xarajatlar mehnat unumiga nisbatan teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Mehnatni unumining ortishi ham moddiy ham mehnat sarfini qisqartiradi bozordagi narx binobarin tovar barqaror sharoit mehnat unumdorligi xarajatlari pasaytirish orqali foydani ko‘paytiradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Zero, mahsulot bahosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin xarajatlar qanchalik qisqarib borsa, shunga mos foyda oshib boradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy yo‘nalishlaridan biri bu fan texnika tarraqqiyoting (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xomashyo materiallaridan yoqilg‘i resurslaridan yanada to‘laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo‘lgan samarador mashina, dastgohda yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. FTT ning XX asr ikkinchi yarmidagi o‘ziga xos jihati prinsipal yangi texnologik usulga o‘tilishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish ussullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatidir.
Xarajatlarni pasaytirish asosiy yo‘nalishlardan biri bu ishlab chiqarish va mehnat tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo‘nalish ishlab chiqarishda yo‘qotishlarni kamaytirish yo‘li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o‘z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi. Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mahsulotlar qobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik miqdoriy o‘lchov darajasiga ega bo‘ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori samaradorlik ko‘pincha imkoniyatlari bilan birgalikda iste’mol qilishdan hosil bo‘lgan samaradorlikning yuksalishini izohlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng yuqori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izohlash qiyin emas. Har bir iste’mol qilinayotgan yangi tovar o‘zining eng yuqori samaradorlik darajasiga teng samaradorlik darajasini kengaytiradi.
Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi qonunga ko‘ra navbatdagi har bir iste’mol qilinayotgan ne’matni yuqori samaradorlik darajasi oldingi bosqichga nisbatan past bo‘ladi. Demak, bir o‘lchovga to‘g‘ri keluvchi qo‘shimcha ne’matlar hosil qilish samarasi oldingi bosqichda olingan natijalardan pastroq bo‘ladi.Iqtisodiy samaradorlik bir necha iqtisodiy ko‘rsatgichlar orqali tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha juz’iy ko‘rsatgichlar orqali tavsiflanadi. Samaradorlikning umumiy ko‘rsatgichi mehnat unumdorligidir. U umummahsulot midori (MM) ning jonli mehnat (JM) sarfiga nisbatan ifodalanadi. Jonli mehnat sarfi kunlarda, soatlarda hisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga mehnat sig‘imi degan samaradorlik ko‘rsatgichi ham qo‘llanadi. Mehnat sig‘imi jonli mehnatni mahsulot midoriga nisbatan orqali aniqlanadi. Mahsulotning material degan iqtisodiy ko‘rsatgich ham bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Material sig‘imi moddiy ashyolar sarfini (BM) mahsulot midori (MM) ga nisbatan orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond sig‘imi yoki fondlar qaytimi ko‘rsatgichlari orqali o‘lchanadi. Ko‘rinib turibdiki, juz’iy ko‘rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda mahsulotlar midori ko‘rsatgichlari o‘rnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami ichki mahsulot, sof mahsulot, qo‘shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda milliy daromad kabi kategoriyalar qo‘llaniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ayniqsa, respublikamizning hozirgi sharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, hozirgi davrda ko‘pgina resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan keltiriladi, zamonaviy texnologiya yetishmaydi, kadrlar malakasi yuqori emas. Shuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur sohalarga joylashtirish yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor berish talab qilinadi.
Umuman olganda, resurslarni tejash mahsulot birligiga ketayotgan xarajatlarning pasayishi, resurslardan foydalanish darajasining ijobiy tomonga oʻsishi sifatida aniqlanadi. Bundan tashqari, “resurslarni tejash” tushunchasi ularning samarali iste’moli natijasida olinadigan foyda, natijani ham taqozo etadi. Resurslar tejamkorligiga ikki tomonlama, ya’ni mutlaq va nisbiy tejamkorlik nuqtai-nazaridan yondashish mumkin.
Mutlaq tejamkorlik mahsulotni ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayonida uning tarkibiga kiruvchi jonli va buyumlashgan mehnat miqdorining kamayishi darajasini tavsiflaydi. Biroq, bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning naflilik darajasi va qiymati oʻzgarmaydi.
Nisbiy tejamkorlik tushunchasi ostida jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari nisbatan barqaror boʻlgan sharoitda ishlab chiqarishning foydali natijalari, ya’ni qiymat hajmining oʻsishini ta’minlash jarayonini tushunish zarur. Shuning uchun resurslar tejamkorligi muammosining hal qilinishi iqtisodiyotning samarali rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Tejamkorlik darajasini baholash nisbiy tarzda amalga oshiriladi. Agar jamiyat yagona individdan iborat boʻlsa, uning hatti-harakatini tejamkorlik nuqtai-nazaridan baholash mumkin boʻlmas edi. Shunga koʻra, tejamkorlik - jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muayyan darajasida barcha resurslardan tejamli foydalanish boʻyicha iqtisodiy munosabat boʻlib, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning asosiy omili hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik ham “xarajatlar - ishlab chiqarish” muammosini oʻz ichiga oladi. Aniqroq aytganda, iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish jarayonida qoʻllaniladigan taqchil resurs birliklari yigʻindisi va iste’mol tovarlari yigʻindisi oʻrtasidagi aloqani tavsiflaydi. Sarflangan
xarajatlar hajmidan olingan mahsulotning ortiqligi samaradorlikning oʻsishini anglatadi.
|
| |