|
Geologiya fanlari universiteti neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti
|
bet | 18/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 472,49 Kb. | | #111446 |
Bog'liq Daler FAYZULLAYEV-kurs ishi Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar maqsadlarni tanlash imkoniyatiga ega boʻlishdi (2.2.1-rasm). Maqsadlarni tanlash va shakllantirish korxona strategiyasi va kelgusi davr uchun ularni amalga oshirishning aniq shartlari bilan belgilanadi.
Xarajatlarni boshqarish maqsadlari
v
v
v
v
Ilmiy-texnika
v
v
Iqtisodiy
Ijtimoiy
Ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
Ishlab chiqarish yoki xizmatlar tannarxini pasaytirish
v
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
Mahsulotlarning mehnat sarfini kamaytirish
Mahsulotlarning moddiy hajmini kamaytirish
2.2.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatida xarajatlarni boshqarish maqsadlari
Shunday qilib, xarajatlarni rejalashtirish, xarajatlarni boshqarish tizimining muhim elementi boʻlib, keng qamrovli boʻlishi va korxonaning resurslari qayerda, qachon va qanday hajmda sarflanishini aniqlash imkonini beradi. Shuni ham ta’kidlash joizki, tashkilotning oʻziga xos xususiyatlarini va kompleks yondashuvni hisobga olgan holda xarajatlarni boshqarish tizimidan foydalanish korxona faoliyatining yuqori iqtisodiy natijalariga erishishga imkon beradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatidan asosiy maqsad foyda olishdir. Foyda olish degani korxona daromadlari uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlardan ortishini anglatadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy ravishda pasaytirib borish foyda olishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Xarajatlar majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi.
Foyda korxonada turli xil faoliyat orqali olinishi mumkin bo‘lib, uning miqdori ishlab chiqarish omillarni bahosi o‘zgarishi (tashqi omillar) yoki ishlab chiqarish xarajatlarini ulardan noratsional foydalanish sababli oshirish (ichki omillar) tufayli o‘zgarib turadi.
Biroq xarajatlar mutlaq (absolyut) kattalik sifatida ishlab chiqarish samaradorligini yuqori va pastligini to‘liq tavsiflamaydi. Ishlab chiqarishning barcha omillaridan foydalanish samaradorligini baholashda, rentabellik ko‘rsatkichlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko‘rsatadi. Foydani maksimallashtirish uchun xarajatni minimallashtirish kerak albatta. Demak rentabillik xarajatlarga uzviy bog‘liqdir. Samaradorlik ko‘rsatkichlarining tahlili yuzaga kelgan holatga baho berish hamda moliyaviy barqarorlikni kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilashga imkon yaratadi. Bugungi kun bozor istisodiyoti sharoitida korxonalar mavjud bo‘lgan barcha aktivlardan samarali va istiqbolli foydalanishi zarur. O‘zimizni hayotdan olib qarasak ham, misol uchun inson cho‘ntagida ma’lum miqdorda pul bilan bozorga kirib borsa, iloji boricha ko‘proq pul bilan qaytishga ya’ni minimal darajada xarajat qilishga harakat qiladi. Xulosa qilib aytishim mumkinki, insonning ehtiyoji cheksizlikka intiluvchan ekan, u maksimal darjada yuqori foyda olishga harakat qiladi, buning uchun numa qilish kerak, albatta xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlash va kamaytirish eng muqobil variantdir.
|
| |