• Ishlab chiqarish xarajatlariga, asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishga tayyor holatda saqlab turish
  • Xorijiy valyutadagi xarajatlar
  • Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar




    Download 472,49 Kb.
    bet12/19
    Sana05.12.2023
    Hajmi472,49 Kb.
    #111446
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
    Bog'liq
    Daler FAYZULLAYEV-kurs ishi

    Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobudjet ijtimoiy fondlariga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi va hokazo) ajratiluvchi mablag‘larni anglatadi.

    1.2. -rasm. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari


    Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar - bu, qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobudjet fondlariga o‘tkaziluvchi to‘lovlar va soliqlar; yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan miqdordagi chiqindilar uchun to‘lovlar; korxona mulkini majburiy sug‘urtalash; ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofotlar; qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo‘yicha to‘lovlar; mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to‘lash; qonunchilikda belgilangan normalar bo‘yicha xizmat safarlariga haq to‘lash; yong‘inga qarshi kurash va qo‘riqlash muassasalariga haq to‘lash; kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, banklar xizmatiga haq to‘lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun haq to‘lash; nomoddiy aktivlarning eskirishi va hokazolar.
    Ishlab chiqarish xarajatlariga, asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishga tayyor holatda saqlab turish - kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash, mashina va asbob-uskunalarga qarash va ekspluatatsiya qilish uchun sarflanuvchi barcha xarajatlar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta’mirlash bo‘yicha murakkab ishlar amalga oshirilib, xarajatlar bir xilda taqsimlanmaganda korxonalar (Moliya vazirligi ruxsati bilan) mahsulot tannarxi hisobiga asosiy fondlarni ta’mirlash uchun zaxira (rezerv) fondlari tashkil qilishi mumkin.
    Xorijiy valyutadagi xarajatlar
    Markaziy bankning operatsiyalar amalga oshirilgan kundagi kursiga asosan so‘mlarda belgilanadi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qilinadigan xarajatlarni o‘sishiga, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asbob-uskunalar narxining o‘sishi, transport xizmati tariflarining yuqoriligi, reklama va vakillik xarajatlarining o‘sishi kabilar ta’sir qiladi. Amortizatsiya ajratmalari miqdori ham o‘sib bormoqda. Narxlar erkinligi va ijtimoiy ziddiyatlar kuchaygan sharoitlarda xarajatlar tuzilmasida ish haqining salmog‘ini oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida ijtimoiy va tibbiy sug‘urtalash, nafaqa ta’minoti, aholi bandlik fondlari, turli xil kompensatsion to‘lovlarga ajratiluvchi mablag‘lar miqdori ham ortib bormoqda.

    Download 472,49 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 472,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar

    Download 472,49 Kb.