-rasm. Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi




Download 472,49 Kb.
bet14/19
Sana05.12.2023
Hajmi472,49 Kb.
#111446
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Daler FAYZULLAYEV-kurs ishi

2.1.1-rasm. Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi
tasviri
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash
uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar
tushunchalaridan foydalaniladi. O‘rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy)
xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga tеng:

bu yerda: AC – o‘rtacha umumiy xarajatlar;
TC – yalpi (umumiy) xarajatlar;
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
O‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:

bu yerda: AFC – o‘rtacha doimiy xarajatlar;
TFC – doimiy xarajatlar summasi.

O‘rtacha o‘zgaruvchi harajatlar o‘zgaruvchi harajatlarni ishlab chiqarilgan


mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:


bu yerda: AVC – o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar;
TVC – o‘zgaruvchi xarajatlar summasi.
Shuningdеk, o‘rtacha umumiy harajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi harajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin:


Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning


zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo‘lib, so‘nggi qo‘shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo, so‘nggi qo‘shilgan xarajat dеb, mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha


bu yerda: MC – so‘nggi qo‘shilgan xarajat;
∆TC – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi;
∆Q – mahsulot miqdorining o‘zgarishi.
Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun
aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning qo‘shilgan birligini ishlab chiqarishga
to‘g‘ri kеladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar dеyiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chuqur tanglikka, yo‘qlikni cheklab o‘tishga, intilishga, fan va texnikaning ilg‘or texno- logiyaning eng yangi yutuqlarini izlash va joriy etishga undaydi.
Bularning barchasi pirovard natijada keskin raqobatchilik sharoitida ishlab chiqarishning barqarorligiga erishishga inqirozning oldini olishga yo‘naltirilgan. Bu holat kengroq ko‘rilganda, bozorda talab bilan taklif o‘rtasida qulay muvozanatning ta’minlanishiga olib keladi. Bizga kapitalistik ishlab chiqarish usulining eng katta nuqsoni, illati sifatida targ‘ib qilib iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning qudratli omiliga aylanmoqda.
Bugungi kunda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borish va unga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilib berish juda muhim hisob-lanmoqda. Chunki ishlab chiqarishning rivojlanib borishi va yuksalishi xarajatlarni qisqartirib borish, unga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, aniqlash kabi xususiyatlarga ega hisoblanadi. Bu sohada dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlari o‘zlarining taraqqiyot darajasiga erishgandir.Ma’lumki, sobiq totalitar tuzim davrida barcha ishlab chiqarish markazlashgan, rejalashtirilgan tartibda edi. Shuning uchun ham isrofgarchilik juda ko‘p miqdorda edi. Ishlab chiqarish xarajat-larining ortib ketishi mahsulot sifatining buzilishiga, shuningdek, uning «o‘tmay» qolishiga sabab bo‘ldi. Natijada o‘sha davrda mamlakat ishlab chiqarishi inqirozga uchradi. Bu mamlakat uchun fojiali hol edi. Chunki egasiz mulkning qadri bo‘lmaydi, tekin narsani esa samarasi bo‘lmaydi. Bu barchamizga ma’lumdir.
Shuning uchun ham mustaqillikga erishganimizdan keyin, birinchi prezidentimizning oqilona fikrlari, ularning tashabbuslari bilan eng asosiy e’tibor
shu sohaga qaratildi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1. Mehnat unumdorligini oshib borishi.
2. Mehnatni ilmiy tashkil qilish.
3. Ishchi kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va ishlab chiqarishga to‘g‘ri jalb etish.
4. Fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirib borish, tadbiq qilish.
5. Kadrlar malakasini oshirib borish.
6. Xomashyoresurslaridan samarali va unumli foydalanish.
7. Ishlab chiqarishni boshqarishni to‘g‘ri tashkil etish.
Umuman olganda, bu omillarni quyidagicha birlashtirish mumkin: yangi fan-texnikani qo‘llash mehnat unumdorligini oshirib borish, xomashyo sarflarini qisqartirib borish. Har qanday jamiyatning muhim bo‘g‘inlaridan asosiysi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borishdir. Har bir faoliyat ko‘rsatayotgan korxona ham o‘z oldiga ana shuni vazifa qilib qo‘yadi, ya’ni korxonaning asosiy maqsadi, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirib maksimal foyda olishdir, ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish xarajatlariga yuqorida sanab o‘tilgan muhim omillar ta’sir etar ekan, bularning barchasini birgalikda amalga oshirish juda qiyin. Masalan: xomashyo zaxiralarining eng arzon kanallarini qidirib topish va samarali ishlatishni ta’minlash, ishchilarni ijtimoiy muhofa- zasini kuchaytirish, fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirib, uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish, umuman, bularni birvarakayiga amalga oshirish murakkab jarayonidir. Lekin shu omillarni barchasini birgalikda olib borilishi iqtisodiy samaradorlikka erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Respublikamizda bunday ishlarni rivojlantirish maqsadida ilgari davlat markazlashgan korxonalar tizimi o‘zgartirilib, xususiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.Bugungi kunda umumiy ishlab chiqarishning 84% asosan xususiy va qo‘shma korxonalarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu degan so‘z har bir korxona o‘zining ishlab chiqarish jarayonlariga va xarajatlarni kamaytirib borish omillariga jiddiy ta’sir qilmoqda deganidir.
Albatta, bunday munosabatlar ishlab chiqarishning pasayishini oldini olish ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirib borish esa unga tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish xarajatlariga asosan fan-texnika yutuqlari, yuqori ishchi kuchi, xomashyo resurslari asosiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilgan holda ishlab chiqarishni yuksaltirib borish ham muhimdir. Har bir ishchi o‘zining kasbini, qilayotgan ishini sevishi kerak. Bu esa kadrlar malakasizligiga barham beradi, natijada ishlab chiqarish yuksaladi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lumki, ishchilarning u ishdan bu ishga ko‘chib yurishlari natijasida ish samaradorligi 30-40% foizgacha kamayar ekan. Bu degan so‘z ishlab chiqarishning asosiy qismi yo‘qoldi degandir. Shu sababli eng asosiy e’tibor ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilishi zarur. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab korxonalar ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir qiluvchi omillarini har tomonlama o‘rganib, shu asosda ish yuritmoqdalar. Yangi bozor tizimi islohotlarni amal qilishi iqtisodiyotida juda muhim sanalmoqda va ahamiyati ortib bormoqda. Har bir korxona o‘z oldiga xarajatlarni pasaytirish, unga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilishni ustuvor vazifa qilib qo‘yish kerak, ana shundagina iqtisodiyot yuksaladi, ishlab chiqarish taraqqiy etadi.
Albatta bunday munosabatlar ishlab chiqarishni pasayishini oldini olish ishsizlikka yo‘l qo’ymaslikni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirib borish esa unga tamal toshi bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish xarajatlariga asosan fan-texnika yutuqlari, yuqori ishchi kuchi, xom-ashyo resurslari asosiy ta’sir ko‘rsatadi. Mexnatni ilmiy tashkil qilgan xolda ishlab chiqarishni yuksaltirib borish xam muximdir. Xar bir ishchi o‘zining kasbini qilayotgan ishini sevishi kerak. Bu esa kadrlar malakasizligiga barxam beradi, natijada ishlab chiqarish yuksaladi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lumki, ishchilarning u ishdan bu ishga ko‘chib yurishlari natijasida ish samaradorligi 30-40% foizgacha kamayar ekan. Bu degan so‘z ishlab chiqarishning asosiy qismi yo‘qoldi degandir. Shu sababli eng asosiy e’tibor ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilishi zarur.
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab korxonalar ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir qiluvchi omillarini xar tomonlama o‘rganib, shu asosda ish yuritmoqdalar.Yangi bozor tizimi isloxatlarni amal qilishi iqtisodiyotda juda muxim sanalmoqda va axamiyati ortib bormoqda. Xar bir korxona o‘z oldiga xarajatlarni pasaytirish, unga ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilishni ustivor vazifa qilib qo’yish kerak, ana shundagina iqtisodiyot yuksaladi, ishlab chiqarish taraqqiy etadi.


Download 472,49 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 472,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi

Download 472,49 Kb.