|
Kurs ishining obyekti va predmeti
|
bet | 3/19 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 472,49 Kb. | | #111446 |
Bog'liq Daler FAYZULLAYEV-kurs ishiKurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining o‘rganilayotgan obyekti bu – xarajatlar. Korxona xarajatlarining turlari, xarajatlarni minimallashtirish yo‘llari va ushbu jarayonlar oldida turgan muammo (xomashyo bilan, yoqilg‘i - energetika, transport bilan bog‘liq)lar kurs ishining predmeti hisoblanadi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi, korxonalarning faoliyati davomida foydasini oshirib borish yo‘llarini ishlab chiqish. Ishlab chiqarishning optimallashgan ko‘rinishlarini tatbiq etish. Korxona daromatining taqsimot jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish choralarini ishlab chiqish, shu bilan birga foydani maqsadli va foydali yo‘naltirish orqali kelgusida keng faoliyat va yuqori foyda olish nazariyalarini yoqlab, amaliyotga joriy etish.
Tarmoqda mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish.
Yuqori foydaga erishishning kreativ yechim (ishlab chiqarilayotgan mahsulotni doimiy ravishda yangilash, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda bozorda yangi turdagi mahsulotlarning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanish va boshqalar)larini joriy etish.
Kurs ishining hajmi
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagilardan iborat:
Kurs ishining umumiy hajmi – 36 bet, jumladan:
kurs ishining muqovasi (titul varag‘i);
ish mazmunining mundarijasi (rejasi);
kirish – 3 bet;
kurs ishining asosiy matn qismi – 29 bet;
xulosa va takliflar;
foydalanilgan adabiyotlar.
I-BOB. KORXONA XARAJATLARINING IJTIMOIY – IQTISODIY
MAZMUNI
1.1. Xarajatlar to‘g‘isida tushuncha, tarkibi va ularning tasnifi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari, asosan, korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun malum sarf-xarajatlar talab etiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xomashyo va mineral sarflar, amortizatsiya va h.k) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Misol uchun, xo‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash
xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha xarajatlar tushuniladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi materillar, yonilg‘i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
|
| |