|
-rasm. Yadro bombasi portlashi
|
bet | 7/16 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 5,53 Mb. | | #136062 |
Bog'liq Hayotxon kurs ishi (2)2-rasm. Yadro bombasi portlashi
Ukraina BMTga 1945-yili tashkilot asoschilaridan biri sifatida a’zo bo‘lgan. SSSR tarkibidan Belarus va Ukraina tashkilotda alohida a’zolikka ega edi. BMTning yadro qurollarini tarqatmaslik haqidagi rezolyutsiyasiga qo‘shilish masalasi esa faqatgina 1991-yili Ukraina mustaqillikka erishgach kun tartibiga chiqadi. Negaki, Ukraina Respublikasi hududida sobiq SSSRning yadro sanoati va qurollari mavjud edi.
1991-yildan boshlab ushbu yadro qurollari kelajagi borasida muzokaralar boshlanadi. Ukraina ushbu qurollarni berishni xohlamaydi va uni o‘z himoyasining kafolati deb biladi. Ukrain rasmiylari o‘sha davrda ham Rossiya xavfini his qilgandi. AQSh va Buyuk Britaniya aralashuvi hamda bosimi ostida 1994-yili Vengriya poytaxti Budapeshtda AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya va Ukraina vakillari Ukrainaning yadro qurollaridan voz kechishi, shu turdagi qurollarning bir qismini yo‘q qilishi va Rossiyaga topshirishi haqida Budapesht memorandumini imzolaydi.
Budapesht memorandumi Ukrainaning boshqa yadroviy quroli bo‘lmagan davlatlardek xavfsizligini kafolatlaydi. Memorandumning to‘rtinchi qismida AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya agar Ukraina tajovuz qurboni yoxud yadro quroli tahdidi ostida qolsa, unga BMT Xavfsizlik Kengashi orqali zudlik bilan yordam ko‘rsatilishini ta’kidlaydi. Oltinchi bandga ko‘ra, AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya Ukraina tajovuz ostida qolganda darhol majburiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Fransiya Ukrainaga boshqacharoq xavfsizlik kafolati beradi. Jumladan, Fransiya Ukraina tajovuz ostida qolganda BMT Xavfsizlik Kengashi orqali yordam haqidagi bandni o‘z kafolatida belgilamaydi. Fransiya ortidan Xitoy ham to‘rt va oltinchi bandlarni kafolat bayonotiga kiritmaydi.
2014-yili Rossiya Qrimni anneksiya qilganida Ukraina rasmiylari yadro qurolining ulardan olib qo‘yilganiga keskin noroziligini bildiradi va Rossiyani Budapesht memorandumi shartlarini buzishda ayblaydi. Biroq Rossiya ayblovni rad etadi va Moskva Budapesht memorandumida faqatgina Ukrainaga nisbatan yadro quroli ishlatilishi haqida aytilganini da’vo qiladi. Ruslar Ukrainaga nisbatan yadro qurolini ishlatmaganini va memorandum shartlarini buzmaganini ta’kidlaydi.
2022-yil 27-fevral kungi buyruqdan so‘ng Putin Ukraina va Yevropa Ittifoqi davlatlariga yadro quroli bilan yan bir bor tahdid qiladi (u buni oldin — 24-fevral kuni ham aytib o‘tgandi. O‘shanda Putin Ukrainaga yordam bergan davlat o‘z tarixida ko‘rmagan dahshatga to‘qnash kelishi mumkinligiga urg‘u bergandi).
Agar Rossiya Ukrainaga nisbatan yadro qurolidan foydalansa, birinchi navbatda BMTning “Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi qarorini buzgan bo‘ladi. Bu esa BMT Xavfsizlik Kengashi va tashkilotning yadro quroliga ega doimiy a’zolari (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy)ning javob reaksiyasini talab etadi. Shuningdek, Budapesht memorandumiga ko‘ra, AQSh va Buyuk Britaniya Ukrainaga mamlakat yadro quroli nishoniga aylangan taqdirda yordam ko‘rsatishga ham va’da bergan.
Xo‘sh, yadro urushi yuz beradimi? Bu borada bir necha xalqaro mutaxassislar o‘z taxminlarini bildirdi.
|
| |