• MUNDARIJA
  • KIRISH
  • Gulxumor kurs ishi (2)




    Download 5,53 Mb.
    bet1/16
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,53 Mb.
    #136062
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Hayotxon kurs ishi (2)



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
    VAZIRLIGI
    FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


    FIZIKA - TEXNIKA FAKULTETI

    Fizika yo‘nalishi 20.10-guruh talabasi


    Ergasheva Xayotxonning
    Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” fanidan
    “Yadroviy nurlanishlarni qayd qiluvchi detektorlar
    klassifikatsiyasi” mavzusidagi
    KURS ISHI
    Kurs ishi rahbari: M. Nabiyev
    Bajardi: X. Ergasheva
    Farg‘ona - 2023

    MUNDARIJA:

    KIRISH....................................................................................................3

    I BOB. Yadro fizikasi…………………………………………….……6


    1.1. Yadroviy nurlanishlar hosil bo’lishi ………………...…………….....…….7
    1.2. Yadroviy nurlanishlarning fizik mohiyati…………..…………..………11

    II BOB. 26
    Detektorlar 26
    2.1. Detektorlar turlari 28
    2.2 Yadroviy nurlanishlarni sezuvchi detektorlar 30
    Xulosa 33
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 36



    KIRISH


    Ilm-fan ─ taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innavatsion g`o-yalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo’q.”
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev

    Yadro fizikasi, bu zamonaviy fizikaning eng yirik bo`limlaridan biri bo'lib, u atom yadrosining tuzilishi va xususiyatlarini, zarralar xususiyatlari va o`zaro aylanishlarini o‘rganuvchi fandir. Yadro fizikasi, zamonaviy yadro energetikasi va yadro texnologiyalarining ilmiy negizi hisoblanadi. Yadro fizikasi, fan va texnikaning ko‘pgina tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Keyingi vaqtlarda yadro fizikasi, tibbiyotning turli sohalarida qo`llanishi juda jadallashib ketdi desak mubolag‘a bo'lmaydi. Buning natijasida yadro tibbiyoti deb nomlangan yangi yo‘nalish va fan vujudga keldi. lonlovchi nurlanishlar manbai va radioaktiv indikatorlar metodlari qo`llanilmagan ilmiy izlanishlar yoki ishlab chiqarishlar sohalarini topish qiyindir. Bu metodlar qo`llanilib amalga oshirish uchun mo`ljallangan muammolar soni doimo oshib bormoqda. Bundan tashqari, yadro fizikasi arxeologiya, geologiya va boshqa sohalarda ham qo`llanilib kelmoqda.


    O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
    7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu kurs ishida berilgan ma’lumotlar muayyan darajada xizmat qiladi.
    Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi zamon Yadro fizikasida yadro strukturasi yuqori energiyali zarralar yordamida tekshiriladi. Elementar zarralarning fundamental xossalari esa yadrolarning radioaktiv yemirilishini tadqiq qilish natijasida aniqlanadi. Past energiyalar Yadro fizikasining tarkibiy qismi sekin neytronlarning modda bilan oʻzaro taʼsirini va neytronlar taʼsirida boradigan yadro reaksiyalarini tadqiq qiluvchi neytron fizikasidan iborat. Yadro fizikasining yangi sohasi koʻp zaryadli ionlar taʼsirida sodir boʻladigan yadro reaksiyalarini oʻrganishdir. Yadrolarning elektronlar va fotonlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganish Yadro fizikasining alohida yoʻnalishini tashkil qiladi. Yadro fizikasining eksperimental vositalari majmui turlituman va murakkabdir. Uning asosini zaryadlangan zarralar tezlatkichlari, yadro reaktorlari, yadro nurlanish detektorlari tashkil etadi. Yadro fizikasining amaliy ahamiyati ham juda katta: yadro qurolini yaratish va yadro energetikasida, tibbiyotda (diagnostika va davolashda) keng qoʻllanadi. Oʻzbekiston Atom Yadro fizikasi institutit Yadro fizikasiga doir ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Oʻzbekistonda Yadro fizikasini taraqqiy ettirishda; U.O.Orifov, S.A.Azimov, R.Bekjonov, S.Yoʻldoshev, M.S.Yunoʻsov, P.Q. Habibullayev va boshqalar olimlarning hissasi katta.

    Download 5,53 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 5,53 Mb.