|
Gulxumor kurs ishi (2)
|
bet | 2/16 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 5,53 Mb. | | #136062 |
Bog'liq Hayotxon kurs ishi (2)Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Yadroviy nurlanishlarni qayd qiluvchi detektorlar klassifikatsiyasi haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish va uning yadro fizikasi hamda texnikada qo‘llanilishi o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: „ Yadroviy nurlanishlarni qayd qiluvchi detektorlar klassifikatsiyasi” vazifasi va qo'llanilishi haqida bilimlarni rivojlantirish. Bularni amalga oshirish uchun biz oldimizga quyidagi vazifalarni qo'ydik:
Yadroviy nurlanishlar hosil bo’lishi Yadroviy nurlanishlarning fizik mohiyati Yorug’ik nurini sezyvchi detetktorlar
Kurs ishining predmeti: Mavzuga oid ilmiy va metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, mavzuni o‘rganish davomida bilim va ko‘nikmalarni oshirish, mavzuga doir amaliy mashg'ulotlar sifatida labaratiriyalar qilish.
Kurs ishining obyekti: “Yadroviy nurlanishlarni qayd qiluvchi detektorlar klassifikatsiyasi” mavzusini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishi tuzilishi: Ushbu „Yadroviy nurlanishlarni qayd qiluvchi detektorlar klassifikatsiyasi” mavzusidagi kurs ishi kirish, 2 bob, 4 bo’lim, 7 ta rasm, 1 ta jadval, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yhatidan iborat bolib, jami sahifani tashkil etadi.
I BOB Yadro fizikasi
Yadro fizikasi — fizikaning atom yadrosi tuzilishini va ularning xossalarini, radioaktiv yemirilish va yadro reaksiyasi mexanizmini oʻrganuvchi boʻlimi. "YA.f." atamasiga umumiy maʼno berib, Yadro fizikasiga koʻpincha elementar zarralar fizikasi ham kiritiladi. Baʼzan texnikaning mustaqil tarmoqlariga aylangan tadqiqot yoʻnalishlari, mas, tezlatish texnikasi (qarang Tezlatkichlar), yadro energetikasi ham Yadro fizikasi boʻlimlari hisoblanadi. Umuman Yadro fizikasi atom yadrosi mavjudligi aniqlanishidan avval paydo boʻlgan. Yadro fizikasining paydo boʻlishi radioaktivlik kashf qilingan vaqtdan hisoblanadi.
Zamonaviy Yadro fizikasi tor soha va yoʻnalishlarga aniq boʻlinmagan. Odatda, past, oraliq va yuqori energiyalar Yadro fizikasi farqlanadi. Past energiyalar Yadro fizikasiga yadro tuzilishi masalalari, yadrolarning radioaktiv yemirilishini oʻrganish, shuningdek, energiyasi 200 MeV gacha boʻlgan zarralar keltirib chiqaradigan yadro reaksiyalarini oʻrganish kiradi. Energiyasi 200 MeV dan 1 GeV gacha boʻlgan energiyalar oraliq energiyalar deb, 1 GeV dan katta energiyalar yuqori energiyalar deb ataladi. Bunday boʻlinish shartli boʻlib, tezlatish texnikasining rivojlanishi tarixi bilan bogʻliq. Hozirgi zamon Yadro fizikasida yadro strukturasi yuqori energiyali zarralar yordamida tekshiriladi. Elementar zarralarning fundamental xossalari esa yadrolarning radioaktiv yemirilishini tadqiq qilish natijasida aniqlanadi.
Past energiyalar Yadro fizikasining tarkibiy qismi sekin neytronlarning modda bilan oʻzaro taʼsirini va neytronlar taʼsirida boradigan yadro reaksiyalarini tadqiq qiluvchi neytron fizikasidan iborat. Yadro fizikasining yangi sohasi koʻp zaryadli ionlar taʼsirida sodir boʻladigan yadro reaksiyalarini oʻrganishdir. Yadrolarning elektronlar va fotonlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganish Yadro fizikasining alohida yoʻnalishini tashkil qiladi. Yadro fizikasining eksperimental vositalari majmui turlituman va murakkabdir. Uning asosini zaryadlangan zarralar tezlatkichlari, yadro reaktorlari, yadro nurlanish detektorlari tashkil etadi. Yadro fizikasining amaliy ahamiyati ham juda katta: yadro qurolini yaratish va yadro energetikasida, tibbiyotda (diagnostika va davolashda) keng qoʻllanadi. Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutit Yadro fizikasiga doir ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Oʻzbekistonda Yadro fizikasi ni taraqqiy ettirishda U.O. Orifov, S.A.Azimov, R.ʼ.Bekjonov, ʼ.S.Yoʻldoshev, M.S.Yunoʻsov, P.Q.
Habibullayev va boshqalar olimlarning hissasi katta.
|
| |