|
Gulxumor kurs ishi (2)
|
bet | 6/16 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 5,53 Mb. | | #136062 |
Bog'liq Hayotxon kurs ishi (2)Yadro quroli nima o‘zi? Ko‘pchilik eshitgan yoki xabardor bo‘lsa-da, avvalo, ushbu halokatli qurol haqida ikki og‘iz gapirish shart. Yadro qurollari yadroviy reaksiyalar: parchalanish va termoyadroviy kombinatsiya natijasida hosil bo‘luvchi energiyaga asoslanadi. Bunday qurollar tayyorlashda uran va plutoniydan foydalaniladi. Plutoniy tabiatda uchramaydi va kimyoviy yo‘l bilan hosil qilinadi. Yadro qurollari ikki turga bo‘linadi: yadroviy (atom) va termoyadroviy (vodorod).
1.2.1-rasm. Yadro (atom bombasi) quroli tashlangan Xirosima. 1945-yil
Yadro quroli — o‘ta halokatli ommaviy qirg‘in qurolidir. Qurol portlaganda zarba to‘lqini, yorug‘lik emissiyasi, radiatsiya, radioaktiv ifloslanish va elektromagnit impulslari yuzaga keladi. U tashlangan hududda epitsentr paydo bo‘ladi va radiusi besh kvadrat kilometrgacha yetishi mumkin (Xirosimadagisi esa 800 metrni tashkil etgan). Epitsentrdagi jamiki nafas oluvchi jism halok bo‘lsa, portlashdan yuz kvadrat kilometrdagi hudud radioaktiv nurlanish va radiatsiya to‘lqini sabab mislsiz zarar ko‘radi. Radioaktiv nurlar va radiatsiyasi bir necha o‘n yilgacha yadro quroli portlagan hududda kuzatiladi. Yadro qurollari bugun dunyodagi eng qudratli va mudhish quroldir.
Yadroviy urush xavfi. 1968-yili BMT “Yadro qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risida” rezolyutsiya qabul qiladi. SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya kabi yadro quroliga ega va unga ega bo‘lmagan qirqqa yaqin davlat ushbu shartnomani ratifikatsiya qilgach, shartnoma xalqaro kuchga ega bo‘ladi. Yadro quroliga ega Fransiya va Xitoy 1992-yili ushbu shartnomaga qo‘shiladi. Bugungi kunda dunyoning 170 davlati ushbu shartnoma shartlarini qabul qilib, uni ratifikatsiya qilgan.
Shartnoma yadro quroliga ega davlatlarga uni tarqatish, sotish va tayyorlashga yordam berishni taqiqlaydi. Shuningdek, yadroviy davlatlar yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatga ushbu qurol bilan tahdid qilmaslik va uni ishlatmaslik majburiyatini oladi.
Yadroning bo‘linish tarixi E.Fermi va uning izdoshlarining 1934-yilda uran yadrosini neytronlar bilan bombardimon qilish bo‘yicha o ‘tkazgan tajribalaridan boshlanadi. Ular zaryadsiz neytron uchun kulon to‘sig‘i yo‘qligi sababli og‘ir yadrolami neytron bilan bombardimon qilib nishon yadroni neytronlar bilan boyitish bu yadrolar o‘z navbatida rad ioaktiv bo‘ lib, b -yemirilish bilan zaryadini bittaga oshirishi, shu yo‘l bilan davriy sistemada uran elementidan keyin joylashgan transuran elementlarini hosil qilish maqsad qilib qo‘yilgan edi. Haqiqatda esa, ular bo‘linish parchalarini (yarim yemirilish davrlari: T1/2 = 13 min.,
T1/2 = 90 min.) kuzatdilar. Ko‘p yillik muntazam izlanishlar olib borib 1939-yilda
O.Gan (1879 — 1968), Lize Meytner (1878 — 1968) va Shtrassman
(1902—1980) E.Fermi tajribalarini takrorlab, bunday reaksiyanatijasidaboshlang‘ich yadro o‘zidan ancha yengil elementlarga parchalanishini ko‘rsatdilar. I.Kyuri va RSavich (1909-y.t.) yuqoridagi reaksiyalarda radioaktiv lantanning, O.Gan va Shtrassmanlar radioaktiv bariy elementining hosil boiishini aniqladilar. Bu tajriba natijalarini tahlil qilib, 1939-yiIda Meytner va O.Frish (1904 — 1979) neytronlar ta’sirida uran yadrosi ikki bo`lakka ajralishi kerak, degan fikrga keldilar. Bu fikr keyinchalik tasdiqlandi va bu jarayon yadroning bo`linishi degan nomni oldi.
L.M eytner va Frishlar yadro bo`linishini tomchi modeliga ko‘ra, tushuntirishga harakat qildilar. 1939-yiIda N.Bor, D.Uiler (1911) bulardan mustaqil Ya.I.Frenkel (1894— 1952) yadro boiinish mexanizmini tomchi modeli asosida tushuntirib berdilar. Nishon yadro neytron ta’sirida uyg‘ongan holatga o`tadi va yadro suyuqlik tomchisida kuchli tebranishlar yuzaga keladi. Bunday tebranishlar yadrodagi zaryadlangan protonlar o‘rtasidagi kulon itarishish kuchlari bilan yadroni barqaror holatga qaytaruvchi sirt taranglik kuchlari tufayli vujudga keladi. Darhaqiqat, yadrodagi nuklonlaming harakatlari natijasida, ayniqsa, ular tashqaridan neytron yutish yo‘li bilan energiya olganida yadro-tomchining shakli o‘zgaradi. Tomchi tebranish natijasida shar, ellipsoid yoki boshqa murakkab shaklga kiradi. Agar uyg‘onish energiyasi sirt taranglik energiyasini yengishga yetarli bo‘lmasa, ellipsoid shaklini olgan yadro yana sferik shakliga qaytadi. Lekin, agar yadro uyg‘onish energiyasi yetarli darajada katta bo`lsa, yadro shakli tebranish natijasida gantel shaklini olishi va u dastlabki shakliga qaytmasligi mumkin, chunki gantel uchlarida to ‘plangan protonlarning o‘zaro elektrostatik itarilish kulon energiyasi yadro tomchisini uzilishiga olib keladi, gantel bo`laklaridagi sirt kuchlari ham bo`linishga moyil bo`ladi.
Yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatlar esa o‘z navbatida bunday qurolga ega bo‘lishga harakat qilmaslik va ega bo‘lmaslik bo‘yicha shartlarni qabul qiladi.
Shartnomaning eng muhim qismi esa yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatga yadroviy hujum qilingan yoki bunday hujum tahdidi yuzaga kelgan taqdirda BMT Xavfsizlik Kengashi va birinchi navbatda, uning yadro quroliga ega bo‘lgan doimiy a’zolari BMT talablariga muvofiq zudlik bilan javob harakati amalga oshirishi kerakligi haqidagi banddir.
Ushbu shartnomani imzolagan AQSh, Buyuk Britaniya va SSSR(Rossiya) o‘z bayonotlarida yadro quroli bilan tahdid qilgan yoki uni qo‘llagan davlatga qarshi javob harakati amalga oshirilishi va hujumga uchragan yadroviy quroli bo‘lmagan davlatga yordam berilishini e’lon qiladi. Ushbu shartlarni keyinchalik safga qo‘shilgan Fransiya va Xitoy ham tasdiqlaydi.
|
| |