|
Gulxumor kurs ishi (2)
|
bet | 10/16 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 5,53 Mb. | | #136062 |
Bog'liq Hayotxon kurs ishi (2)o‘qituvchisi:
“Yadro urushi Putinning Ukrainada erishishi mumkin bo‘lgan har qanday g‘alabasiga putur yetkazadi. Bu nafaqat G‘arbni, balki Xitoy kabi potensial ittifoqchilarni ham begonalashtirishga xizmat qiladi. Xitoyning Putin xatti-harakatlaridan xavotiri borgan sari ortib boryapti va uni Xitoyning gullab-yashnashiga uzviy bog‘liq bo‘lgan global savdo va investitsiyalarning jahon tartibini tiklashga chaqirishi mumkin.
Butun xalqaro tartib havoga sovrilgandek go‘yo. Ukrainaga qilingan hujum bundan-da himoyasiz Boltiqbo‘yi davlatlariga hujum qilish uchun debocha bo‘ladimi yoki Putin Ukraina bilan kifoyalanadimi? Javob — AQSh va NATOning o‘z kuchlarini, xoh yadroviy, xoh oddiy, butun dunyo bo‘ylab qanday joylashtirilishiga bog‘liq”.
Ukrainadagi barbod bo‘lgan blitskrig (tezkor g‘alaba) va iqtisodiyotiga berilayotgan qattiq zarbalar sabab qo‘rqitish uchun aytgan. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Ukraina bilan boshlangan muzokaralarda ustunlikka erishish uchun ham shunday yurish qilgan bo‘lishi mumkin. Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishi uning butkul yakkalanib qolishiga olib keladi. Biroq davlatning NATO davlatlariga zarba berishi ham, Ukrainaga yadro quroli ishlatishi ham qiyin masala.
G‘arbning ko‘pgina nashrlari yadro qurolining barcha kalitlari Putin qo‘lida emasligini, rus generallari Putinga sodiq bo‘lsa-da, ulkan xavf oldida hal qiluvchi qaror qabul qilishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda. Hozirgacha Rossiyadan tashqari yadro quroliga ega biror davlat hech qachon bu qurol bilan tahdid qilmagan. AQSh vazmin siyosat yuritmoqda, Bayden Rossiyaga hech qanday tajovuz xavfi yo‘qligini, Putinning buyrug‘i hech qanday asosga ega emasligini bildirdi.
|
| |