• Vilson kamerasi
  • Yadroviy nurlanishlarni sezuvchi detektorlar




    Download 5,53 Mb.
    bet13/16
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,53 Mb.
    #136062
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Hayotxon kurs ishi (2)

    2.1. 1-rasm. Magma R5 raqar-detektori

    2.2 Yadroviy nurlanishlarni sezuvchi detektorlar


    Yadro nurlanishi detektorlari — yadro nurlanishlarini kuzatish va qayd qilish uchun moʻljallangan asboblar. Ularga ssintillyatsiyaviy va ionizatsiyaviy hisoblagichlar, Vilson kamerasi, pufak kamera, yarimoʻtkazgich detektorlar, qalin qatlami fotoemultsiya va boshqalar kiradi.
    Yadro nurlanishlari modda orqali oʻtganda ular qoldiradigan iz (trek) laridan foydalanib ularni oʻrganish mumkin. Xususan, Vilson kamerasi, pufak kamera va fotoemulsiyaning qalin qatlamidan nurlanish zarralari oʻtganda shunday izlar kuzatiladi. Izlarning qandayligi — uzun yoki qisqaligi, yoʻgʻon yoki ingichkaligi, magnit maydonida ogʻishi va h.k. zarra zaryadining ishorasini, energiyasi, impulsi va boshqalar fizik kattaliklarni baholashga imkon beradi.
    Zaryadli zarralar oʻz yoʻlida uchragan molekulalarni ionlashtiradi. Ionizatsiyaviy hisoblagichlarda gaz bilan toʻldirilgan hajmga uchib kirgan zaryadli zarra gaz molekulalari bilan toʻqnashib, ion va elektronlardan iborat iz qoldiradi — zanjirda tok hosil boʻladi. Tokning kattaligidan kamera hajmidan oʻtayotgan zarralar haqida fikr yuritish mumkin.
    Ssintillyatsiyaviy hisoblapLlarda lyuminessensiyalanuvchi sirtga tushuvchi zarralar taʼsirida yorugʻlik chaqnashlari (ssintillyatorlar) vujudga keladi, moddadan fotonlar chiqadi. Bunday yorugʻlik chaqnashlarini fotokoʻpaytirgich qayd qiladi. Neytral zarralar iz qoldirmaydi, lekin ular yemirilib zaryadli zarralar hosil qilish paytida yoki biror yadro bilan toʻqnashish paytida seziladi. Demak, neytral zarralar ham oʻzlari hosil qilgan zaryadli zarralarning ionlashtirish taʼsiri orqali qayd qilinadi.
    Yadro tajribalari impuls kuchaytirgichlar, mos tushish sxemalari, vaqtincha toʻxtatib turish sxemalariga ulangan detektorlar yordamida amalga oshiriladi.
    Vilson kamerasi — zaryadlangan atom zarralari (proton, elektron va b.)ning harakat trayektoriyasini kuzatish, impulsi va zaryadi ishorasini aniqlash uchun moʻljallangan asbob. Ishi oʻta toʻyingan bugʻning kondensatsiyalanishiga, boshqacha aytganda tez zaryadlangan zarralarning izi boʻylab hosil boʻladigan ionlarda mayda suyuqlik tomchilari hosil boʻlishiga asoslangan. Stereoskopik tasvirni hosil qilish uchun zarralar izlari bir necha fotoapparatlar yordamida fotosuratga olinadi. Kamera hajmi tez kengayganda temperatura keskin pasayadi, shu tufayli bugʻ oʻta toʻyinadi. Ch. Vilson ixtiro qilgan (1912). V.k. yordamida yadro reaksiyalarida vujudga keladigan elementar zarralarning turgʻunligini, yadroning faolligi va b. xususiyatlarini oʻrganish mumkin. V.k. bir necha oʻn yillar davomida zaryadlangan zarralar izlarini qayd qiladigan yagona detektor vazifasini bajardi. 50—60-yillarda u oʻz ahamiyatini yoʻqotdi va hozir pufak kamerasi va uchqun kamerasi ishlatilmoqda.


    1. Download 5,53 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 5,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yadroviy nurlanishlarni sezuvchi detektorlar

    Download 5,53 Mb.