Detektor turlari. 1-jadval




Download 5,53 Mb.
bet15/16
Sana12.01.2024
Hajmi5,53 Mb.
#136062
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Hayotxon kurs ishi (2)

Detektor turlari. 1-jadval

Xulosa


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki. Zarra muhit orqali otish vaqtida ro’y berishi mumkin bo’lgan protsesslar turiga qarab detektorlar quyidagi turlarga bolinadi:
Ionizatsion detektorlar. Bularning ishlash printsipida asosan zarralarning muhit bilan ta’sirlashishi tufayli hosil bo’lgan ionizatsiya protsessidan foydalaniladi. Ularga ionizatsion kamera, Geyger-Myuller sanagichi, Vilson va pufakli kameralar, fotoemulsiya, yarim o’tkazgichli detektor va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari detektorlar ularda ishlatiladigan moddaning agregat holatiga qarab gaz, suyuqva qattiq jismli detektorlarga bol’insa, detektorlarda hosil bo’ladigan elektr signalining xarakteristikasiga qarab, faqat alohida olingan zarralarni qayd qiluvchi diskret, zarralar oqimining hammasidan hosil bo’lgan effektni qayd qiluvchi analogik detektorlarga bo’linadi. Elektr signalini ozgartirishiga qarab detektorlar proportsional va noproportsional detektorlarga bo’linadi.
Agar zaryadlangan zarra havo yoki biror gaz orqali uchib otayotgan bo’lsa, gazning ionlashishi tufayli hosil bo’lgan ionlar juda tez rekombinatsiyalashadi va butun sistema ozining avvalgi holatiga qaytadi. Lekin elenktr maydoni yordamida hosil bo’lgan turli ishorali ionlarni qarama-qarshi tomonga tarqatib yuborib, uning oldini olish mumkin. Mana shunday rejimda ishlaydigan qurilmaga ionizatsion kamera deyiladi.
Ba’zi shaffof moddalar atomlarining uyg’ongan elektronlarini asosiy holatga qaytishida yuzaga keladigan nurlanish to’lqin uzunligi optik yoki ultra binafsha sohada yotadi. Bunday moddalarga zarra kelib tushgan vaqtda ularda kuchsiz yorug’lik chaqnashi, ya’ni stsintillyatsiya yuzaga keladi. Unga asoslanib zarralarni qayd qiladigan qurilmalarga stsintillyatsion sanagichlar deyiladi.
Har qanday stsintillyatsion sanagich stsintillyator va fotoelektron ko’paytirgichdan iborat boladi. O’ziga tushgan zarra energiyasini yorug’lik energiyasiga aylantirib beruvchi moddaga stsintillyator deyiladi. Odatda stsintillyator sifatida ba’zi noorganik kristallar (ZnS, NaCl, Csl ) yoki organik moddalar (masalan, antratsen), plastmassalarning alohida turlari, ba’zi organik birikmalarning eritmalari va hattoki gazlar ham ishlatiladi.
Fotoelektron kopaytirgich dinodlar deb ataluvchi bir necha elektrodlarga ega bo’lgan shisha ballondan iborat. Har bir dinod elektronlarni chiqarib olish oson bolgan modda bilan qoplangan. Shisha ballonning old devori ham shunday modda bilan qoplangan. Uni fotokatod deb ataladi. Ish boshlanishidan avval har bir dinodga ma’lum kuchlanish beriladi. Bu holda qurilma orqali hech qanday tok otmaydi. Agar fotoelektron kopaytirgich bilan yonma-yon joylashgan stsintillyatorga biror zarra kelib tushsa, stsintillyatsiya tufayli hosil bolgan fotonlar fotokatodga kelib tushib undan bir necha elektronlarni urib chiqaradi. Dinodlar orasida yuzaga kelgan elektr maydoni hisobiga bu elektronlar birinchi dinod tomon harakat qiladilar va ularning har biri birinchi dinoddan bir necha yengil elektronlarni urib chiqaradi, ular ikkinchi dinodga borib tushadilar va yana undan bir necha yengil elektronlarni urib chiqaradilar. Protsess shu tariqa davom etadi. Buning natijasida anodga katta quvvatli elektronlar quyuni kelib tushadi va sanagichda qisqa tok hosil bolar ekan.



Download 5,53 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 5,53 Mb.