264
O’choqdagi aholiga nisbatan sanitariya ishlovi o’tkazishdan maqsad—
ularning terilarini, kiyimlarini tashqi shilliq pardalarni zararsizlantirish. Shu ishning
to’g’ri tashkil etilib o’tkazilishi ko’p miqdorda kasallikning
oldini oladi va
tarqalishiga yo’l ber maydi.
Sharoitga qarab shikastlanish o’chog’iga qisman yoki to’la ishlov
o’tkaziladi. Qisman ishlov berish deganda-mexanik
yoki dezinfeksiyalovchi yer
itmalar yordamida kiyimlarni,
shaxsiy himoya vositalarini, tyer ining ochiq
yuzalarini artish tushuniladi. Aholiga
qisman ishlov berish uyda, ko’chirish uchun
aholi yig’iladigan maydonlarda ko’chirishdan oldin, ko’chirish
transportida va
boshqa joylarda o’tkaziladi.
To’la ishlov berishning maqsadi kiyimlarni,
shaxsiy
himoya vositalarini, yuzalarni baktyer iologik vositalardan-agentlardan to’la
tozalash.
Dezinfeksiyalovchi vositalar sifatida shaxsiy kimyoviy paket (SHKP-8) 2%
xloramin
yer itmasi, atir 70% spirt va boshqalar qo’llaniladi. Ularga nisbatan
kundalik va yakuniy dezinfeksiya o’tkaziladi.
Bu maqsadda kommunal (uy-joy), texnik xizmatdagi bor vositalar jalb etiladi,
avtodegazatsion
stansiya, dezinfeksion dush qurilmasi, hammom,
poklanish
xonalari, dushlar va boshqalar.
Dezinfeksiya va dyer atizatsiya o’tkazish.
BJO’da tibbiyot xizmat faqat
zararsizlantirish tadbirlari o’tkazmasdan yana keng masshtabda dezinfeksiya va dyer
atizatsiya o’tkazishi kerak.
Dezinseksiya-kasalliklarni yuqtiruvchi hashorat va kanalarni yo’q qilish, u
fizik-kimyoviy usulda olib boriladi.
Deratizatsiya (epidemiologik jihatdan xavf soluvchi
kemiruvchilarni qirib
tashlash) uchun mexanik (ushlash) va kimyoviy (zaharli ovqatlar) usulda
o’tkaziladi.