258
Xos indikatsiya uchun namuna (sinama) olish, qachonki xos bo’lmagan
indikatsiya musbat natija berganda, birdaniga aholi orasida ommaviy kasallik paydo
bo’lganda, hududda ma’lum bir xil belgilar paydo bo’lganda olib boriladi.
Ovqat mahsulotlari bevosita ifloslangan bo’lsa, undan sinama olinadi. Qolgan
hollarda ularga nisbatan sanitar ekspyertiza o’tkaziladi va foydalanish to’g’risida
ma’lumot beriladi.
Indikatsiya-ekspress va tezlashtirish usulida
olib boriladi va ular xos
indikatsiyaning asosini tashkil etadi.
Ekspertizaga moyil sinama olish indikatsiya bo’yicha qo’llanmada ko’rsatilgan
usul bo’yicha o’ta xavfli infeksiya bilan ishlash rejimi va qoidasi bilan tanish,
maxsus tayyorlangan mutaxasis tomonidan olib boriladi, u himoya kiyimida va gaz
niqobda ishlaydi.
Sinama olishda, maxsus to’plam qo’llaniladi (ular sinama olish qoidalari yoki
instruksiya bilan taminlangan bo’ladi).
Ekspertiza uchun olingan sinama FMTXning mos
keladigan laboratoriyasiga
maxsus transportda yo’naltiriladi. Bu laboratoriyalarda sog’liqni saqlash
vazirligining maxsus instruksiyasiga asoslanib odamlarning, hayvonlarning va atrof
muhitning zararlanmasligi uchun mos ish rejimiga rioya etiladi.
Ovqat mahsulotlarining va suvning baktyeriologik vositalar
bilan zararlanishini
sanitariya ekspyertiza qilishning asosiy maqsadi quyidagilar.
1. Baktyeriologik vositalarni o’z vaqtida ovqat va suvda topish.
2. Ovqat va suvning baktyeriologik vositalar bilan zararlanishini o’z vaqtida
aniqlash.
3. Baktyeriologik vosita turini va zararlanish o’choq chegarasini topish.
4. Ovqatni, suvni zararsizlantirish va to’liq dizenfeksiya samarasini aniqlash.
Faqat ekspertiza natijasiga asoslanib ovqat mahsulotlari,
suvdan foydalanish,
yo’qotish (ikkilamchi qayta ishlab boshqa maqsadlarda foydalanish) bo’yicha to’g’ri
qaror chiqarilishi mumkin.
259
Biologik qurol qo’llanilganligi to’g’risida ma’lumot olinishi bilan darrov FM
organlari farmoyishiga asosan zararlanish o’chog’ida karantin o’rnatiladi.