254
tomonidan keng miqyosda shaxsiy himoya vositalaridan, himoya inshootlaridan
foydalanish katta ahamiyatga ega.
Baktyeriologik hujum xavfi bo’lganda
FMTX
tomonidan quyidagi tadbirlar
bajariladi.
-barcha kuch va vositalarni to’liq tayyorgarlikka olib kelish;
-maxsus epidemiyaga qarshi olib boriladigan ishlarni qaytarish (suv, havo, ovqat va
boshqalar);
-aholi o’rtasida emlash va qayta emlash o’tkazish;
-hamma tuzilma va muassasalarning baktyer ial qurol qo’llanilishi sharoitida
ishlashga tayyor ekanligini tekshirish;
-aholini ko’chirish yo’nalishlarida epidemiyaga qarshi ishlarni olib borish;
-suv, ovqat mahsulotlarining ifloslanmasligini tekshiruvchi SENM ustidan nazoratni
kuchaytirish;
-aholini baktyer ial quroli qo’llanganda o’z-o’ziga va boshqalarga yordam
ko’rsatishga o’rgatish;
-aholiga qo’shimcha miqdorda dorilar, bog’lov vositalari, dezinfeksiyalovchi yer
itmalar sotilishini tashqi l etish.
Yuqorida qayd etilgan tadbirlarning tinchlik davrida va dushman hujumi
davrida amalga oshirilishi – FMTX asosiy vazifasi aholi sog’lig’ini saqlash
vazifasini bajarishga zamin yaratadi.