245
Brom sian (BrCN) - rangsiz yoki sariq rangli kristall modda bo‘lib, o‘tkir hidga ega.
kaynash harorati +b1,3 0S, yer ish harorati +52 0S. Bug‘i havodan 3,7 barobar og‘ir.
Birinchi jahon urushida (1916 yil) avstro-vengyer ko‘shinlari 25% li brom sian,
25% li brom atseton va50% li benzol aralashmasini ishlatganlar.
Ta’sir mexanizmi va shikastlanish patogenezi
Sianid kislota bug‘lari nafas yo‘llari orkali o‘pkaga tushadi va alveolalardan tezda
surilib o‘tib, zaharlanib qolishga sabab bo‘ladi.
Zaharlanish natijasida venoz kon tarkibida artyer ial kon tarkibiga karaganda
kislorod mikdori oshib ketadi va kirmizi ranga kiradi. GoppeZeylyer , Gepnyer va
Varburglarning tekshirishlaricha bunday hol to‘kima oksidlovchi fyer menti
bo‘lmish sitoxromaksidaza (sitaxram 3)
fyer mentining sian guruhi bilan bog‘lanishi tufayli yuzaga kelar ekan.
Sitoxramoksidaza fyer menti inaktivatsiyaga uchraydi va kislorodning kandan
to‘kimalarga o‘tish xususiyati yo‘koladi, natijada to‘kima gipoksiyasi rivajlanadi. kon
tarkibida kislorod mikdori ko‘p bo‘lishiga karamay, to‘kimalarning nafas olishi
keskin pasayib ketadi.Sian guruhi sitoxromoksidaza (sitoxrom a3) tarkibidagi
oksidlangan uch valentli temir bilan juda oson birikadi. Natijada kislorodning
faollanishi yo‘koladi, to‘kimalarda nafas olish susayadi, to‘kimalar gipoksiyasi paydo
bo‘ladi.