Ta’sir mexanizmi va shikastlanish patogenezi




Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/147
Sana25.05.2024
Hajmi5,44 Mb.
#253549
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147
Bog'liq
жумаева

Ta’sir mexanizmi va shikastlanish patogenezi 
Sianid kislota bug‘lari nafas yo‘llari orkali o‘pkaga tushadi va alveolalardan tezda 
surilib o‘tib, zaharlanib qolishga sabab bo‘ladi. 
Zaharlanish natijasida venoz kon tarkibida artyer ial kon tarkibiga karaganda 
kislorod mikdori oshib ketadi va kirmizi ranga kiradi. GoppeZeylyer , Gepnyer va 
Varburglarning tekshirishlaricha bunday hol to‘kima oksidlovchi fyer menti 
bo‘lmish sitoxromaksidaza (sitaxram 3) 
fyer mentining sian guruhi bilan bog‘lanishi tufayli yuzaga kelar ekan. 
Sitoxramoksidaza fyer menti inaktivatsiyaga uchraydi va kislorodning kandan 
to‘kimalarga o‘tish xususiyati yo‘koladi, natijada to‘kima gipoksiyasi rivajlanadi. kon 
tarkibida kislorod mikdori ko‘p bo‘lishiga karamay, to‘kimalarning nafas olishi 
keskin pasayib ketadi.Sian guruhi sitoxromoksidaza (sitoxrom a3) tarkibidagi 
oksidlangan uch valentli temir bilan juda oson birikadi. Natijada kislorodning 
faollanishi yo‘koladi, to‘kimalarda nafas olish susayadi, to‘kimalar gipoksiyasi paydo 
bo‘ladi. 


237 
KLINIK MANZARASI 
3ararlanish darajasi sianid kislota buglari konsentratsiyasi, ta’sir kilish vakti, 
organizmning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘lik bo‘lib, zaharlanish yengil, o‘rtacha 
va og‘ir darajada o‘tadi. 
E n g i l d a r a j a d a g i z a h a r l a n i sh zaharlovchi moddaning havodagi kam 
konsentratsiyasi qisqa vakt ekspozitsiya kilinganda sub’ektiv buzilishlar bilan 
ifodalanadi: og‘izdan noxush, taxir, achchik bodom ta’mi keladi, tinka-mador kurib, 
bosh aylanadi. Bir necha vaktdan so‘ng shillik kavatlarda uvishib qolishni his etish 
sezgisi, ko‘p so‘lak okishi, ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi. Tomok, traxeyada va to‘sh 
ortida timdalanish hamda ko‘krak kisilishi sezgisi kuzatiladi. 
O‘ r t a d a r a j a d a g i z a h a r l a n i sh d a to‘kimalarning kislorodga tankisligi 
simptomlari yakkol ko‘rinadi. YUkorida aytib o‘tilgan klinik simptomlar zaharli havo 
bilan nafas olinganda tezda namoyon bo‘ladi,zararlanganlarda ko‘zg‘alish paydo 
bo‘ladi, odam o‘lim vahimasiga tushib koladi. CHakka artyer iyalarining urishi, 
kulok shang‘illashi, bosh og‘rishi paydo bo‘ladi. To‘sh orkasida, yurak sohasida 
og‘riklar paydo bo‘ladi, nutk buziladi, so‘lak okishi kuchayib, mushaklarda zaiflik 
kuzatiladi. Ko‘ngil ayniydi va kusish rivojlanadi. 
O g‘ i r z a h a r l a n i sh belgilari tezda rivojlanadi, talvasalar paydo bo‘ladi, hatto 
o‘lim kuzatilishi mumkin. Og‘ir zaharlanish klinikasi sxema tarzida to‘rt boskichga 
bo‘linadi: 
a) boshlang‘ich bosknch - yashirin davrsiz yuzaga keladi, zaharlanganlar og‘izda 
nohush, taxir, achchik bodom ta’mini sezadi, tezda ko‘krak kisilishi, kulok 
shang‘ilpashi, bosh aylanishi, behollik, chakka artyer iyalar pulsatsiyasi, ko‘ngil 
aynishini sezadilar. Besaranjomlik paydo bo‘ladi, yurak tez uradi. 
Bu tezda hansirash boskichiga o‘tadi; 
b) hansirash boskichi - kislorod tanknslngi keskin rivojlanganligi bilan ifodalanadi 
(to‘kima gipoksiyasi): azobli hansirash paydo bo‘ladi, tyer i kavatlari va shillik 
kavatlar pushti rangga kiradi. Nafas olish teztez va chukurlashgan bo‘ladi, yurak 


238 
sohasida xurujsimon og‘rik paydo bo‘lib, puls sekinlashadi, taranglashganligi 
aniqlanadi. 3ararlangan odamda o‘lim vahimasi paydo bo‘ladi, ko‘z korachiklari 
kattalashib ketadi. YUz mushaklari tortishib, ba’zi mushaklarning rigidligi paydo 
bo‘ladi, es-hush xiralashadi, besaranjomlik paydo bo‘ladi; 
v) talvasalar boskichi - zararlangan odamning ahvoli keskin yomonlashib ketadi. 
Ekzoftalm paydo bo‘ladi, nafas olish sekinlashadi va aritmik tus oladi. Butun tanada 
tonik va klonik tortishishlar kuzatiladi. Ko‘z korachig‘I kengayib, korneal reflekslar 
yo‘koladi, kishi hushidan ketadi. Og‘izdan ko‘p so‘lak okadi. Tyer i kavatlari va 
shillik kavatlar och pushti rangga kiradi. 
Bexosdan siydik ajralishi hamda defekatsiya kuzatiladi. Talvasalar boskichi bir necha 
dakikadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Agar shu boskichda tibbiy 
yordam ko‘rsatilmasa, tezda falajlanish boskichiga o‘tadi; 
g) falajlanish boskichi - bu boskichda mushaklar tortishishi yukoladi va ularning 
bo‘shashishi kuzatiladi. Reflekslar yukolib ketishi tufayli adinamik holat yuzaga 
keladi. Nafas olish keskin pasayib ketadi, yuzaki bo‘lib koladi. Artyer ial basim 
keskin tushib, puls ipsimon, tezlashgan bo‘lib koladi. 3ararlanganlar og‘ir komatoz 
holatga o‘tadi, reflekslar qisan yoki to‘lik yukoladi, o‘z-o‘zidan siydik ajralishi va 
defekatsiya kuzatiladi. SHundan so‘ng nafas markazi falajlanishi tufayli nafas olish 
to‘xtaydi. YUrak qisqarishi 3-5 dakika mobaynida kuzatilib turishi mumkin, 
keyin yurak urishi to‘xtaydi. Agarda zaharlanganlarga shu vakt ichida oshig‘ich 
yordam ko‘rsatilsa, ularning hayotini saqlab qolish mumkin. 
DAVOSI 
Kimyoviy zararlanish o‘chog‘ida sianid kislota va uning 6irikmalaridan o‘tkir 
zaharlanish ro‘y ber gan vaktda zaharlangan kishiga zudlik bilanprotivogaz 
kiygizilib ular shu zararlangan Atmosfer adan tezlik bilan olib chikib ketilishi kerak. 
O‘tkir zaharlanish simptomlari namoyon bo‘lishiga karab kuyidagi oshig‘ich tibbiy 
yordam tad6irlari o‘tkaziladi: 
- ziddi-zaharlarni ko‘llash orkali organizmga tushgan zaharli moddani 


239 
zararsiz holga keltirish; 
- organizmdagi zaharni zudlik bilan tashqariga chikarish; 
- kerak bo‘lgan vak.tda sun’iy nafas oldirish ishlari o‘tkaziladi; 
- organizmning asosiy hayotiy muhim a’zolarini kuvvatlab turish uchun 
dori-darmonlar yuborib turilpadi. 

Download 5,44 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147




Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’sir mexanizmi va shikastlanish patogenezi

Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish