246
sezgisi, ko‘p so‘lak okishi, ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi. Tomok, traxeyada va to‘sh
ortida timdalanish hamda ko‘krak kisilishi sezgisi kuzatiladi.
O‘ r t a d a r a j a d a g i z a h a r l a n i sh d a to‘kimalarning kislorodga tankisligi
simptomlari yakkol ko‘rinadi. YUkorida aytib o‘tilgan klinik simptomlar zaharli havo
bilan nafas olinganda tezda namoyon bo‘ladi,zararlanganlarda ko‘zg‘alish paydo
bo‘ladi, odam o‘lim vahimasiga tushib koladi. CHakka artyer iyalarining urishi,
kulok shang‘illashi, bosh og‘rishi paydo bo‘ladi. To‘sh orkasida,
yurak sohasida
og‘riklar paydo bo‘ladi, nutk buziladi, so‘lak okishi kuchayib, mushaklarda zaiflik
kuzatiladi. Ko‘ngil ayniydi va kusish rivojlanadi.
O g‘ i r z a h a r l a n i sh belgilari tezda rivojlanadi, talvasalar paydo bo‘ladi, hatto
o‘lim kuzatilishi mumkin. Og‘ir zaharlanish klinikasi sxema tarzida to‘rt boskichga
bo‘linadi:
a) boshlang‘ich bosknch -
yashirin davrsiz yuzaga keladi, zaharlanganlar og‘izda
nohush, taxir, achchik bodom ta’mini sezadi, tezda ko‘krak kisilishi, kulok
shang‘ilpashi, bosh aylanishi, behollik, chakka
artyer iyalar pulsatsiyasi, ko‘ngil
aynishini sezadilar. Besaranjomlik paydo bo‘ladi, yurak tez uradi.
Bu tezda hansirash boskichiga o‘tadi;
b) hansirash boskichi - kislorod tanknslngi keskin rivojlanganligi bilan ifodalanadi
(to‘kima gipoksiyasi): azobli hansirash paydo bo‘ladi, tyer i kavatlari va shillik
kavatlar pushti rangga kiradi. Nafas olish teztez va chukurlashgan bo‘ladi, yurak
sohasida xurujsimon og‘rik paydo bo‘lib,
puls sekinlashadi, taranglashganligi
aniqlanadi. 3ararlangan odamda o‘lim vahimasi paydo bo‘ladi, ko‘z korachiklari
kattalashib ketadi. YUz mushaklari tortishib, ba’zi mushaklarning
rigidligi paydo
bo‘ladi, es-hush xiralashadi, besaranjomlik paydo bo‘ladi;
v) talvasalar boskichi - zararlangan odamning ahvoli keskin yomonlashib ketadi.
Ekzoftalm paydo bo‘ladi, nafas olish sekinlashadi va aritmik tus oladi. Butun tanada
tonik va klonik tortishishlar kuzatiladi. Ko‘z korachig‘I kengayib, korneal reflekslar
247
yo‘koladi, kishi hushidan ketadi. Og‘izdan ko‘p so‘lak okadi. Tyer i kavatlari va
shillik kavatlar och pushti rangga kiradi.
Bexosdan siydik ajralishi hamda defekatsiya kuzatiladi. Talvasalar boskichi bir necha
dakikadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Agar shu boskichda tibbiy
yordam ko‘rsatilmasa, tezda falajlanish boskichiga o‘tadi;
g) falajlanish boskichi - bu boskichda mushaklar tortishishi yukoladi va ularning
bo‘shashishi kuzatiladi. Reflekslar yukolib ketishi tufayli
adinamik holat yuzaga
keladi. Nafas olish keskin pasayib ketadi, yuzaki bo‘lib koladi. Artyer ial basim
keskin tushib, puls ipsimon, tezlashgan bo‘lib koladi. 3ararlanganlar og‘ir komatoz
holatga o‘tadi, reflekslar qisan yoki to‘lik yukoladi, o‘z-o‘zidan
siydik ajralishi va
defekatsiya kuzatiladi. SHundan so‘ng nafas markazi falajlanishi tufayli nafas olish
to‘xtaydi. YUrak qisqarishi 3-5 dakika mobaynida kuzatilib turishi mumkin,
keyin yurak urishi to‘xtaydi. Agarda zaharlanganlarga shu vakt ichida oshig‘ich
yordam ko‘rsatilsa, ularning hayotini saqlab qolish mumkin.
DAVOSI
Kimyoviy zararlanish o‘chog‘ida sianid kislota va uning 6irikmalaridan o‘tkir
zaharlanish ro‘y ber gan vaktda zaharlangan kishiga zudlik bilanprotivogaz
kiygizilib ular shu zararlangan Atmosfer adan tezlik bilan olib chikib ketilishi kerak.
O‘tkir zaharlanish simptomlari namoyon bo‘lishiga karab kuyidagi oshig‘ich tibbiy
yordam tad6irlari o‘tkaziladi:
- ziddi-zaharlarni ko‘llash orkali organizmga tushgan zaharli moddani
zararsiz holga keltirish;
- organizmdagi zaharni zudlik bilan tashqariga chikarish;
- kerak bo‘lgan vak.tda sun’iy nafas oldirish ishlari o‘tkaziladi;
- organizmning asosiy hayotiy muhim a’zolarini kuvvatlab turish uchun
dori-darmonlar yuborib turilpadi.