255
bo’lmasa unda chetdan kuchlar jalb etiladi. Shtab va
FM xizmatlarining ishlari
umumiy kirish ma’lumotiga asosan olib boriladi, qidirish, kuzatuv posti, qidiruvchi
tuzilmalar hamda kuzatuvchi muassasalar va labarator kuzatish orqali olib boriladi.
Radiatsion va qidirish asboblari yordamida zaharlovchi moddalar va radioaktiv
moddalar bor yoki yo’qligini aniqlash mumkin. Bundan tashqari ikkilamchi
belgilarga (ko’p sonda kemiruvchilar yoki qumursqalar, ilgari uchramagan
kemiruvchilar va qumursqalar, o’lgan kemiruvchilar va boshqalar paydo bo’lishi)
asosan dushman baktyeriologik (biologik) qurol qo’llaganligi to’g’risida
gumon
qilinadi. Qidirish malumotlari tezlikda tuman FM shtab boshlig’iga yetkaziladi va
FMTX boshlig’i bilan fuqoro muhofazasi rahbariga o’choqni o’rash va tugatish
to’g’risida o’zlarining fikrlarini tayyorlashadi.
Baktyeriologik zararlanish o’chog’i deganda shahar, aholi yashaydigan
hududlar va xalq xo’jaligi tarmoqlari joylashgan yerlarning baktyerial vositalar bilan
zararlanishi tushuniladi. Uning chegarasi bo’lib
shu aholi yashaydigan yerning,
ob’ektning chegarasi hisoblanadi.
Yirik shahar zararlanganda uning atrofida jaylashgan, savdo-sotiq, transport
bilan bog’langan aholi yashovchi joylar ham chegaraga kiradi.
Baktyeriologik zararlanish o’chog’i turli xildagi infeksiya tarqalish yo’llari
borligi bilan tavsiflanadi. Sun’iy tarqatishda havo yoki (ayerogen) ko’p infeksiyalar
uchun haqqoniy bo’lib hisoblanmaydi. Shu tufayli havo,
suv va ovqat
mahsulotlarining yuqori kontsentratsiyali ifloslanishi, epidemiyaning klinik-
epidemologik alomatining o’zgarishi, bu esa o’z vaqtida tashxis qo’yishni va
davolash profilaktik ishlarni o’tkazishni og’irlashtiradi. Ma’lum sharoitlarga qarab
(ob-havo, manba uzatuvchi) baktyerial qurol qo’llanilgan hududda uzoq vaqt ta’sir
qiluvchi aktiv infeksiya o’chog’i paydo bo’lishi mumkin. Baktyerial o’choqning shu
xususiyati aholining baktyerial himoyasini tashkil etishda birinchi darajali
ahamiyatga ega.
256
Aholini va xalq xo’jaligi ob’yektlarini baktyerial quroldan muhofazalash va uni
qo’llash oqibatini tugatish maxsus kompleks tadbirlar bo’lib, bu fuqoro
muhofazasining harbiylashtirilmagan
tuzilmalari, muassasalari tomonidan, hamda
rahbar organlarning rahbariyat ostida jami aholi tomonidan olib boriladi.
Epidemik o’choqni muvofaqqiyatli tugatish ko’p hollarda FM shtabi xizmatlariga
yuklatilgan tadbirlarning o’z vaqtida va to’g’ri bajarilganligiga bog’liq.
Epidemik o’choqni ajratish va tugatish ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi.
1.
Yuqumli kasallik chaqiruvchi turli aniqlash uchun baktyerialogik qidiruv
o’tkazish va baktyer iologik vositani indikatsiya qilish.
2.
Karantin va kuzatib borishni (obsyer vatsiya) o’rnatish.
3.
Kasallik chaqiruvchi aniqlaguncha antibiotiklar va boshqa dorilar yordamida
shosholinch profilaktika o’tkazish.
4.
Hududni zararsizlantirish (dezinfeksiya, dezinseksiya va dyer atizatsiya).
5.
Aholiga sanitariya ishlovini ber ish.
6.
Spetsifik (xos)
profilaktika muhofazalanish, emlash, zardob va baktyeriofag
yuborish orqali.
7.
Suv, ovqat mahsulotlarini ekspyer tiza qilish.
8.
Keng sanitar-oqartuv (tushuntirish) ishlarni olib borish.
Baktyeriologik hujum oqibatini tugatish kompleks tadbirlar bo’lib, ular faqat
paydo bo’lgan zararlanish o’chog’ini to’la zararlantirish bo’lmay, shu bilan bir
vaqtda yuqumli kasallikning paydo bo’lishi va o’choqdan chetga tarqalishiga yo’l
ber masligi lozim.
Baktyeriologik qurol qo’llanilishi oqibatini tugatuvchi tadbirlarni o’tkazish
FMTX rahbariyatidan talab etiladi.
1.
Epidemik vaziyat to’g’risida zudlik bilan ma’lumot olish.
2.
Biologik hujum oqibatini tugatishda jalb etiladigan tuzilma va muassasalar
shaxsiy tarkibiga xabar ber ish.
257
3.
Baktyeriologik hujum oqibatini tugatuvchi
kerakli epidemiyaga qarshi
tadbirlarni zudlik bilan o’tkazish, unda aniqlanadi.
- qo’llanilgan baktyeriologik qurol turi;
- biologik qurolni qo’llash usuli;
- baktyeriologik zararlanish o’chog’ida aholi zichligi;
- yil vaqti, ob-havo omillari;
- jalb etiladigan tibbiyot turi;
- tuzilma va muassasalarning va FM boshqa xizmatlarining, hamda aholining
baktyeriologik hujum sharoitida harakat qilishga tayyorgarlik darajasi.
Baktyeriologik qurol qo’llanganda hujum oqibatini tugatish ishlari shahar, tuman
FM shtabi rahbarligida olib boriladi. Tibbiyot shtabi faqat baktyeriologik muhofaza
rejasining
epidemiyaga
qarshi
va
davolash-profilaktik
muassasalarining
baktyeriologik zararlanish o’chog’ini tugatish ishlariga
rahbarlik qiladi va ular
faoliyatini doimo nazorat qiladi, tibbiyot muassasalarini kerakli anjomlar, dorilar va
biologik preparatlar bilan ta’minlashga yordam ko’rsatadi.