262
Karantin va kuzatish sharoitlarida o’tkaziladigan davolash-profilaktik
tadbirlar, o’choqda ishlovchi yoki yashovchi aholiga umumiy shoshilinch
profilaktikani va zaruriyat bo’lganda aholi orasida maxsus ko’zlangan emlash
o’tkazish, hamda yuqumli kasalni aniqlash, yakkalash, yotqizish va davolashni
ko’zda tutadi.
Yuqumli kasallarni o’z vaqtida topish uchun o’choqda ishlovchi va
yashovchi aholiga nisbatan doimiy nazorat tashkil etiladi. Tibbiy kuzatuv har kuni
hamma kvartira va aholi yashovchi xonalarini, hamda ishlab chiqarish va boshqa
korxonalarni aylanib o’tish yo’li orqali olib boriladi.
Aylanib o’tuvchi tibbiyot xodimlari, o’choqda qo’llanilgan kasallik
chaqiruvchining turi aniqlanguncha, hamda qo’llanilgan o’lat, vabo yoki
chinchechak chaqiruvchi aniqlanganida himoya niqobida (maska), ko’z oynakda,
qog’oz-paxtali kombenezonda yoki xalatda, rezinali qo’lqop va etikda bo’lishlari,
boshqa kontaktli kasallik chaqiruvchi qo’llanilganligi topilsa-paxta-dokali
bog’lamada va xalatda bo’lishlari kerak.