260
kasalliklarni chaqiruvchilariga qarshi emlash
olishlari va shoshilinch
profilaktikadan o’tishlari zarur. O’choqdan aholining chiqishi qat’iy man etiladi.
Zaruriy sanoat obyektlarida ishlovchi va zararlanish o’chog’idan tashqarida
yashovchilar uchun, shu ishlab chiqarishda dam olish va yotish uchun maxsus xona
ajratilishi lozim.
Zararlanish o’chog’ida joylashgan ishxonalarning ishlab chiqargan sanoat
mahsulotlarini zararsizlatirgandan so’ng olib chiqishlari mumkin. Buning uchun
zararlanish o’chog’i chegarasida FM organlari maxsus
dezinfeksiyalovchi punkt
tuzishadi.
Karantinda bo’lgan aholining hayot uchun zaruriy oziq-ovqat va boshqa
mahsulotlar bilan ta’minlash shahar (tuman) FM savdo-sotiq hizmati orqali amalga
oshiriladi. Hamma zaruriy ehtiyotlik choralarini ko’rilgandan so’ng ovqat
mahsulotlari va zaruriy narsalar o’choqqa olib kiriladi. Buning uchun zararlanish
o’chog’i chegarasida maxsus qayta yuklash punkti tashqi llashtirilishi ber kitiladi.
SHu punktni ta’minlovchi shaxslar zararlanish o’chog’idan
tashqarida yashovchi
aholidan tashkil topadi.
Qayta tiklash va dezinfeksiyalash ishlarini FMTX maxsus tuzilmalari nazorat
qilishadi.
Keyinchalik o’lat, tabiiy chechak, vaboni chiqaruvchilar qo’llanganligi aniqlansa,
o’choqda qomondant xizmati tashkil qilinadi. Uning vazifasi-do’konlarni, suv
manbalarini, oziq-ovqat omborxonalarini muhofazalash, zararlanish o’chog’i
hududida FM organlari o’rnatgan tartibni saqlash, transport
harakatini tartibga
solish, o’choqdan olib chiqiladigan va olib kiriladigan yuklarni hamda unga kiruvchi
aholini nazorat qilish. (masalan: keyingi smena ishchilari). Komendat xizmatini,
jamoa tartibini saqlash va shahar (tuman) FM xavfsizligi kuchlari bajarishadi.
Bir vaqtning o’zida o’choqda alohida aholi guruhlari orasida muloqotda bo’lish
cheklanadi. Buning uchun tavsiyalanadi; masalan, ovqat mahsulotlari va boshqa
zaruriy narsalar bevosita uylarga olib boriladi.
261
Uylarga borishda hamma shaxslar himoya niqobi (maska) va xalatda bo’lishlari
zarur.
Zararlanish o’chog’idagi birinchi navbatli zaruriy tadbirlar o’tkazilgandan so’ng
vujudga kelgan epidemik vaziyatga qarab (kirish yo’llari, podyezdlar, xonalar,
vositalar, tayyor mahsulotlarni
zararsizlantirish, aholiga sanitariya ishlov berish va
boshqalar ), ya’ni karantin bekor qilingandan so’ng maktablarda, jamoa, ma’daniy
muassasalardagi va boshqa korxonalardagi ishlar FM rahbari ruxsati bilan tiklanadi.