15-mavzu. Biologik shikastlanish o’chog’ining (bshu) tibbiy-taktik tavsifi.
248
Baktyer iologik (biologik) qurol deganda insonlarni, qishloq xo’jalik
hayvonlarini
va
ekinzorlarni
zararlash
uchun
mo’ljallangan
patogen
mikroorganizmlar, ular ishlab chiqaradigan toksinlar va ularni tashuvchi vositalar
tushuniladi.Bu qurolning xususiyatlari quyidagilar:
- yuqori potentsial samaradorlik, ya’ni juda kichik dozalarda odamlarni va
hayvonlarni zararlash qobiliyati;
- har bir yuqumli kasallik uchun o’ziga xos yashirin (inkubatsion) davrning
borligi;
- kasallikning bemordan sog’lom kishiga o’tish xususiyati (kontagiozligi);
- davomli ta’sir, ba’zi (spora hosil qiluvchi) mikroorganizmlarning uzoq
muddatda atrof muhitda saqlanib qolishi (sibir yarasi, qoqshol, gazli gangrena
sporalari va boshqalar). Ayrim sporalar bir necha yil davomida yyer da, ba’zi
patogen mikroorganizmlar uzoq vaqt davomida kasallik tarqatuvchilar
organizmida saqlanadi. Masalan, o’latni chaqiruvchi mikroorganizm burga
organizmida butun umri davomida (bir yilgacha) saqlanadi. Ku – lixoradkani
qo’zg’atuvchi mikroorganizm kanada kasallik paydo qilish xususiyatini (virulentlik)
taxminan 1300 kun davomida pasaytirmay yashashi mumkin. Kanali entsefalit
virusi, nafaqat kana organizmida yashaydi, balkim uning nasliga ham o’tadi (tuxmi
orqali-transovarial);
- topish qiyinligi – maxsus asboblar yo’qligi bilan ifodalanadi. Agar
radioaktiv va zaharlovchi moddalarni miqdoriy va sifatli aniqlash uchun radiatsion
va kimyoviy razvedka asboblari bo’lsa, baktyer ial vositalarini topish va kasallik
qo’zg’atuvchilar turini aniqlovchi shunga o’xshash asboblar yo’q. Buning uchun
sinama olish, uni laborotoriyaga yetkazish va tekshirish zarur. Sinamani klassik
metodda tekshirish ko’p vaqtni oladi, buning uchun maxsus anjom-uskunalar va
tayyorlangan mutaxassislar bo’lishi ber kitiladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilgan
ekspres
usullar
(masalan,
lyuminetsent
mikroskopiya
usuli)
tekshirish
boshlanishdan 2-6 soat o’tgandan so’ng nisbiy javob ber adi.
249
- tanlovli (maqsadli) ta’sir ko’rsatish – inson, hayvonlar va o’simliklar uchun
xavfli bo’lgan yuqumli kasalliklar qo’zgatuvchilar turlarining ko’pligi va ularni
tanlash imkoniyati mavjudligi bilan bog’liq. Masalan, dushman tomonidan faqat
o’simlik kasalligini (fitoftoroz), hayvonlar kasalligini (yirik shoxli hayvonlar
o’lati), odamlar va hayvonlar kasalligi chaqiruvchi mikroorganizmlarni (chin
chechak, vabo va boshqalar) qo’llashni tanlash. Dushman o’limga olib keluvchi
kasallik qo’zg’atuvchilarini (o’lat, chin chechak) yoki odamlarni vaqtinchalik
safdan chaqiruvchi kasallik chiqaruvchi mikroorganizmlarni (tularemiya va
boshqalarni) qo’llashi mumkin.
- kuchli psihologik (ruhiy) ta’sir - amyer ika avtorlarining fikricha, hattoki
xavfli bo’lmagan kasallik ko’zg’atuvchilari qo’llanilganligi haqqidagi ma’lumot
ham odamlarni vahimaga soladi.
- baktyer iologik (biologik) qurolni ishlab chiqarish
,
kimiyoviy, ayniqsa
yadroviy qurolga nisbatan arzonligi.
Bundan tashqari bu qurolning harakter li xususiyatlariga quyidagilarni
kiritish kerak:
-
biologik
agentlarning
xilma-xilligi,
bir
necha
xil
infeksiya
qo’zg’atuvchilarni bir vaqtda qo’llash imkoniyati;
- nospetsifik (xos emas) kasallik tashuvchilarni qo’llash;
- zamonaviy profilaktik va davolash vositalariga chidamli yuqumli kasallik
qo’zgatuvchi shtamlarini va dezinseksiya vositalariga chidamli kasallik
tashuvchilar turlarini yaratish.
Epidemik xavfliligiga asosan baktyer ial va virus agentlari uch guruhga
bo’linadi:
- yuqori kontagiozli,
- kam kontagiozli
- kontagiozsiz kasallik qo’zg’atuvchilari.
250
Zararlanish o’chog’ining epidemiologik xossalari, demakki, epidemiyaga
qarshi tadbirlar harakter i, kasallik yuqqan aholini joylashtirish tartibi kasallik
qo’zg’atuvchisining qaysi guruhga kirishiga bog’liqdir. Va nihoyat, qo’llanilgan
kasallik qo’zg’atuvchisining turi karantin yoki obsyer vatsiya (kuzatish)
tadbirlarining umumiy sistemasini va ularni bekor qilish muddatlarini belgilaydi.
Harbiy davrda epidemiya chaqirish maqsadida kontagiozli yoki yuqori
kontagiozli kasalliklar qo’zg’atuvchilarini qo’llanish ehtimoli ko’proq bo’ladi.
Tabiiy sharoitlarda epidemik jarayon faqat bir vaqtning o’zida
quyidagi uch omil mavjud bo’lgandagina rivojlanishi mumkin: 1) infeksiya
manbai; 2) kasallik o’tish mexanizmi; 3) kasallik yuqishiga moyil aholi.
Bu bog’liqni bilish epidemiya bilan kurashish usullarini belgilashga imkon
ber adi. Bu kurashish usullarida muhim o’rinni quyidagilar egallaydi:
- kasallik qo’zg’atuvchilari va tashuvchilarini yo’qotish maqsadida
dezinfeksiya, dezinseksiya, dyer atizatsiya, sanitariya
ishlovini o’tkazish;
- oziq-ovqatlarni va suvni baktyer ial vositalardan himoyalash tadbirlari;
- kasallik yuqishi ehtimolini (o’tish mexanizmini) bartaraf etish maqsadida
shaxsiy va jamoa gigiyenasi qoidalariga rioya etish hamda shaxsiy himoya
vositalaridan foydalanish;
- qo’llanilgan qo’zg’atuvchiga nisbatan organizmning qarshiligini oshirish
maqsadida aholi o’rtasida zudlik bilan nospetsifik (xos emas) va spetsifik (xos)
profilaktikani o’tkazish.
Shuni hisobga olish kerakki, dushman tomonidan baktyer iologik (biologik)
qurollarning turli usullarda qo’llanilishi epidemiyaga qarshi tadbirlarni
qiyinlashtiradi. Baktyer ial qurol quyidagi usullarda qo’llanilishi mumkin:
1) baktyer ial ayer ozollar yaratish;
2) kasallik yuqtirilgan tashuvchilarni qo’llash (hashoratlar va boshqalar)
3) buzg’unchilik (divyer siya).
251
Baktyer iologik (biologik) qurolni ayer ozol usulida qo’llash o’ta xavfli
hisoblanadi
(bu
usulda
odatdagi
sharoitda
tarqalmaydigan
ko’p
turli
qo’zg’atuvchilarni qo’llash munkin, odamlar orasida bir vaqtning o’zida ommaviy
og’ir kechuvchi kasallikni chaqirishi mumkin).
O’tirib qolgan mikroorganizmlar tuproqni, suv manbaalarini, texnikani,
inshootlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa predmetlarni zararlaydi, bu aholini
qo’shimcha zararlanishiga manbaa bo’lishi mumkin. Chidamli ko’zg’atuvchilar
qo’llanishi ikkilamchi ayer ozol zararlanish o’chog’i hosil bo’lishiga va yuqumli
kasalliklarning ikkilamchi ko’tarilishiga olib keladi.
Patogen mikroorganizmlarning ayer ozol sharoitda tarqalishida epidemik
jarayoning rivojlanish xususiyati nafaqat bir vaqtnig o’zida ko’p sonli aholining
zararlanishi bilan, balki qisqa muddatli yashirin (inkubatsion) davr (1,5- 0,2 sutka)
o’tishidan so’ng ham ko’p sonli aholining kasal bo’lishi bilan harakter lanadi. Bu
esa epidemik jarayonning yuqori tempda rivojlanishini ta’minlaydi.
Ko’pgina infeksiyalarning tarqalishiga ayer ozol yo’li bilan zararlanish
tabiiy hisoblanmaydi, bu klinik-epidemiologik ko’rinishni o’zgartiradi va o’z
vaqtida tashhis qo’yishni, bu esa o’z navbatida profilaktika va davolash vositalarni
ko’llashni qiyinlashtiradi. Bularning hammasi epidemiyaga qarshi himoya va
baktyer iologik (biologik) zararlanish o’choqlarini lokalizatsiya qilish (yakkalash)
va tugatish tadbirlarini tashqi llashtirish xususiyatlarini belgilaydi.
|