tashkil qilish.
Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i faoliyatining qismlari
quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: 1) yuzaga kelib chiqqan sharoitni
odilona hisobga olish; 2) uni to'g'ri baholash. Shundagina qabul qilinadigan
qaror atroflicha va asosli bo'lishi kuzatiladi.
266
Tibbiy sharoitni baholash fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati faoliyatiga
ta'sir etuvchi taktik, muhandislik, yong'inli, radiatsiyaviy (kimyoviy)
sharoitlar va boshqa omillarga asoslanib, amalga oshirilishi kerak. Undan
tashqari, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining boshlig'i shikastlangan
o'choqlarning tibbiy-taktik tavsifini yaxshi bilishi zarur.
Boshliq dushman tomonidan ommaviy qirg'in quroli ishlatilgandan keyin
vujudga kelgan tibbiy sharoitni to'g'ri baholash uchun fuqarolar muhofazasi
tibbiy xizmatiga oid ishlarni sharoitni hisobga olgan holda tashqi l etishi va
quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim: 1) aholining zichligi va ishchilar
hamda xizmatchilar soni; 2) ularning qayyer larga joylashgani; 3) aholini
himoya qurilmalari bilan ta'minlash darajasi; 4) ularni shaxsiy himoya
vositalari bilan ta'minlash hajmi; 5) fuqarolar kuchlari va vositalarining
mavjudligi va ularning joylashgan manzilgohlari; 6) zararlangan joyning
relyefi (baland-pastligi, o'nqir-cho'nqirligi); 7) ob-havo sharoiti (harorati,
bosimi, nisbiy namligi, quyosh nurlanishi, shamol tezligi, «shamollar atir
guli», invyer siya); 8)faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar, muassasalar, tashqi
lotlar, xususiy tizimlar soni va zichligi; 9) arrof -muhitning yashillik va
ekologik holati; 10) mavjud transportlar turlari va soni; 11) yo'llar ning
transportlar va piyoda harakatlanuvchilarni qabul qilish darajasi va ularning
bir-biriga nisbatan joylashuvi.
Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i dushman tomonidan
ommaviy qirg'in quroli qo'llanilganidan keyin, sharoitni tibbiy jihatdan
baholash uchun fuqarolar muhofazasi shtabidan quyidagi ma'lumotlarni olishi
lozim: 1) yadro quroli portlatilgan joy, uning turi va quvvati; 2) ob -havo
ma'lumotlari (shamolning yo'nalishi va tezligi, havoning avzoyi); 3) yo'llar,
ko'priklar, o'tish joylarining holati; 4) radiatsiyaviy sharoit; 5) yadroviy
shikastlanish o'chog'idagi binolarning buzilib ketgan shahar qismi.
267
Radiatsiyaviy sharoit haqidagi ma'lumotlarni radiatsiya va kimyoviy
zaharlovchi
moddalarga
qarshi
himoyalovchilardan,
shahar
ichidagi
bo`zilishlar to'g'risida axborotni esa muhandislik xizmatidan olinadi.
Radiatsiya va kimyoga qarshi hamda muhandislik xizmatidan olingan
ma'lumotlar haritada ifodalanib, shahar (tuman) chizmasiga (plan) kiritiladi.
Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i ra diatsiyaviy bulutni shamol
tezligida tarqalishini inobatga olgan holda, dastavval to'g'ri baholashi zarur:
1) radiatsiyaviy bulut taxminan yetib boradigan hududlardagi radiatsiyaviy
sharoitni; 2) ushbu yyer lardagi tibbiy xizmat kuchlarini himoya qilish
qarorini qabul etishni; 3) yadroviy shikastlangan o'choqdagi sharoitni
baholashga o'tish.
Shikastlangan o'choqlardagi sharoitni baholash jarayonida quyidagi
amallar bajariladi:
1) xaql
xo'jaligi
inshootlari
va
butun
tuman
(shahar)
bo'ylab
vujudga kelishi mumkin bo'lgan sanitar yo'qotishlarni hisoblash.
Shahar chizmasida (plan) xaql xo'jaligi inshootlarining oldindan aks
ettirilishi
fuqarolar
muhofazasi
tibbiy
xizmati
boshlig'iga,
shahar
qurilishining qaysi qismida ekanliklarini tezda aniqlash imqonini ber adi.
Har bir inshootdagi ishchi va xizmatchilar soni, ularning himoyalanish
darajasi (miqdori, himoya yyer to'lalarini baholash) va hajmi haqidagi
ma'lumotlarga ega bo'lib, himoyalangan va himoyalanmagan aholi orasidagi
vujudga keladigan sanitar yo'qotishlarni jadvallar yordamida aniqlab,
fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i har bir inshootdagi taxmin
qilinadigan yo'qotishlarni hisoblab chiqishi, olingan natijalarni qo'shib,
umumiy yo'qotishlar (shu qatorda sanitar) sonini aniqlashi mumkin;
2) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan dastlabki tibbiy
va
hamshira
hamda
1-shifokor
yordamini
ko'rsatish
uchun
zarur
268
bo'lgan kuchlar va vositalarning mavjudligi, talabga ko'ra javob ber a
olishini aniqlash.
Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlarini aniqlash dastlabki tibbiy va
1-shifokor yordamini amalga oshirish maqsadida olib boriladi. Ayni
maqsadda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i sanitar guruhlari
(SD-sanitar drujinalar) va dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi
(DTYKG) imqoniyatlari, dastlabki tibbiy yordamni amalga oshirish muddati
qutqaruv ishlarini bajarish uchun kerak bo'lgan ishchi va xizmatchilarning
navbatchilik sonini bilishi kerak. Zarur bo'lgan sanitar guruhlari (drujinalari)
va dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi (DTYKG) sonlari, ^asosan
sanitar yo'qotishlar miqdori va mazkur tuzilmalarning imqoniyatlari bilan
belgilanadi;
3) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari va vositalarida kelib
chiqqan yo'qotishlarni baholash:
4) kuchlarni
kiritish
yo'nalishlarini
va
shikastlanganlarni
ko'chirishni baholash;
Buning uchun fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i radiatsiyaviy.
muhandislik va yong'inli sharoitlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim.
5) shikastlanganlarni ko'chirish maqsadida kerak bo'lishi mumkin
bo'lgan
transport
vositalariga
talabni
bilish.
Bu
paytda
ularning
imqoniyatlarni
aniqlash
va
ishlatish
tartibi
belgilanadi.
Fuqarolar
muhofazasi
tibbiy
xizmati
boshlig'i
sharoitni
aniqlab
bo'lgach,
fuqarolar muhofazasi rahbariga shikastlangan o'choqda aholi uchun
tibbiy yordamni tashqi l etish haqida taklif tayyorlaydi.
Kimyoviy zararlangan o'choqlar vujudga kelganida, tibbiy sharoitni
baholash maqsadida, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i quyidagi
ma'lumotlarga oldindan ega bo'lishi kerak: 1) aholining ishchi va
xizmatchilar soni; 2) ularning himoya qurilmalari (himoya yer to'lalari) bilan
269
ta'minlanganligi; 3) aholining shaxsiy himoya vositalariga bo'lgan ehtiyoji
qondirilganligi; 4) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari va vositalar i
soni hamda ularning joylashuvi; 5) yo'llarning mavjudligi va ular holati; 6)
joyning baland-pastligi, o'nqir-cho'nqirligi (relyefi); 7) suv manbalarining
boriigi va ular ahvoli; 8) hammomlar soni va ularning joylashuvi; 9) dush
(suv purkagichlari ostida yuvinish) va sanitariya-gigiyena xonasining
mavjudligi va joylashuvi; 10) zaharlovchi moddalar qo'llanilgan joy va
ularning turi; 11) zaharlovchi kimyoviy moddalar bilan zararlangan joyning
maydoni; 12) shamolning yo'nalishi va
uning
tezligi hamda boshqalar.
Mavjud dastlabki ma'lumotlarga ko'ra fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati
boshlig'i kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqdagi aholi
orasida bo'lishi mumkin bo'lgan yo'qotishlarni hisoblab aniqlashi mumkin
bo'ladi. Sanitar yo'qotishlar darajasiga quyidagi omillarning dushman
tomonidan kimyoviy zaharlovchi moddalar qo'llanilgani haqida o'z vaqtida
ogohlantirish, aholi tomonidan himoya yyer to'lalaridan o'z vaqtida va to'g'ri
foydalanish. shaxsiy himoya vositalari va tibbiy shaxsiy himoya v ositalaridan
to'g'ri va o'z vaqtida foydalanish ta'sir etishini inobatga olish lozim.
Kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlangan o'choqlarda taxminan
sanitar yo'qotishlari hisoblab chiqilgach. fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati
boshlig'I shikastlanganlarga dastlabki tibbiy va 1-shifokor yordamini
ko'rsatish uchun quyidagi narsalarni aniqlaydi:
1) shikastlangan o'choqqa sanitar guruhlarini (drujinalarini) kiritish
tartibini; 2) dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining (DTYKG) ishlash
joyini; 3) shikastlanganlarni ko'chirish uchun kerak bo'ladigan transportlar
sonini; 4) shikastlanganlarni dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi
(DTYKG) tomon ko'chirish yo'llarini; 5) shikastlanganlarni shahardan
tashqariga ko'chirish maqsadida qo'llanilishi mumkin bo'lgan yo'nalishlarni.
270
Sanab o'tilgan amallar bajarilgandan so'ng fuqarolar muhofazasi tibbiy
xizmati boshlig'i fuqarolar muhofazasi rahbari nomiga kimyoviy zaharlovchi
moddalar bilan zararlangan o'choqda aholini tibbiy jihatdan ta'minlash
taklifini tayyorlaydi.
|