3-BOB. Ishning amaliyotga tadbiqi.
3.1. Tajriba-sinov natijalari
Aql-zakovati va salohiyati bilan butun dunyoni lol qoldirgan Zahiriddin
Muhammad Bobur o‗quvchilarga namuna qilib ko‗rsatishga arzigulik shaxs edi.
Shuning uchun umumta‘lim maktablarining 5-9-sinf o‗quvchilari va o‗rta
maxsus ta‘limning 2-kurs akademik litsey o‗quvchilari uchun mo‗ljallangan
darsliklarda shoh va shoir Boburning hayot yo‗li, ijodiy merosi atroflicha bayon
qilingan. 5-sinfda 2 soat, 9-sinfda 7-soat, 2-kurs akademik litseyda esa 6 soat
ajratilgan. Bunda o‗quvchilarning yosh xususiyatlari e‘tiborga olingan holda,
19
Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. – Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси. 1999, 208-бет.
54
darsliklardagi ma‘lumotlar izchillik bilan soddalikdan murakkablikka,
mavhumlikdan aniqlikka tomon siljib boradi. Bu xususiyatni ravshanroq
ko‗rsatib berish uchun darsliklarga murojaat qilamiz: 5-sinf adabiyot darsligida
berilgan matnda tarixiy sanalar ko‗p uchramaydi, shoir yozgan asarlarga ishora
berilsa-da, ularning aniq nomi keltirilmaydi. Chunki o‗quvchilarda ma‘lum bir
tushuncha bo‗lmay ularga murakkab matn berilsa, bu ta‘limning samarasi
uchun emas, balki zarari uchun xizmat qiladi. Mana shu tomonni e‘tiborga
olgan holda 5-sinf adabiyot darsligida Bobur hayoti va ijodi haqida qisman
to‗xtalib o‗tilgan, xolos.
9-sinf adabiyot darsligiga murojaat qiladigan bo‗lsak, 5-sinfga nisbatan ancha
murakkab. Chunki bu yerda yosh xususiyati hisobga olingan. 5-sinfda 2 soat
berilgan bo‗lsa, 9-sinfga kelib esa 7 soat vaqt ajratilgan. Shundan bilsa
bo‗ladiki, material ancha murakkab. ―Boburnoma‖ asarini 4 soat davomida
o‗zlashtirish ko‗zda tutilgan. Bu vaqt mobaynida o‗quvchilar yetarlicha
ko‗nikma va malakaga ega bo‗ladilar.
1 soat Bobur hayoti va ijodi haqidagi ma‘lumot.
1 soat ―Mening ko‗nglimki gulning g‗unchasidek tah-badah qondur‖ va
―Mushkuldur‖ radifli g‗azallarini ifodali o‗qish va yod olish.
4 soat ―Boburnoma‖asarini o‗qib o‗rganish.
1 soat memuar asar haqida nazariy ma‘lumot.
Akademik litseylarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini
о‗rganishga 6 soat ajratilgan bо‗lib, shundan 2 soati Zahiriddin Muhammad Bobur
hayoti haqida ( 1 soat nazariy, 1 soat amaliy);
-2 soati Zahiriddin Muhammad Bobur devoni: g‗azallari, ruboiylari, tuyuq va
qit‘alari (1 soat nazariy, 1 soat amaliy);
-2 soat ―Boburnoma‖ –о‗zbek mumtoz janrining nodir namunasi (1 soat nazariy,1
soat amaliy) uchun ajratilgan.
55
Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq quyidagilarning о‗rganilishi kо‗zda
tutilgan:
–Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqidagi ma‘lumot.
–Bobur haqida zamondoshlari va undan keyingi buyuk shaxslar, yagona
markazlashgan davlat tuzish yo‗lidagi urinishlar. Bobur –Shayboniyxon
ziddiyatlari;
–Boburning Hind sori yuzlanishi;
–Bobur devoni haqidagi ma‘lumot, undagi adabiy janrlar sanog‗i;
–―Charxning men kо‗rmagan jabru jafosi qoldimu‖, ―Jonimdin о‗zga yoru vafodor
topmadim‖, ―Xazon yaprog‗i yanglig‗ gul yuzing hajrida sarg‗aydim‖ g‗azallari;
Boburning ruboiy, qit‘a, tuyuq, masnaviy va muxammaslari haqida umumiy
ma‘lumot;
–Bobur she‘riyatidagi badiiy san‘atlar;
–Bobur aruzshunos olim ―Muxtasar‖ haqida ma‘lumot. Asarning о‗zbek
adabiyotshunosligi va aruzshunosligi tarixidagi о‗rni;
– ―Boburnoma‖ о‗zbek mumtoz nasrining namunasi, u tarix, tabiatshunoslik,
jо‗g‗rofiya, elatshunoslik, adabiyot va san‘at tarixiga oid nodir manba ekanligi.
―Boburnoma‖ memuar asar. Undagi tarixiy shaxslar (Alisher Navoiy, Kamoliddin
Behzod, Xusayn Bayqaro, Shayboniyxon) tasviri;
–Bobur ―Boburnoma‖ asaridagi voqealar ishtirokchisi va qahramon sifatida;
–―Boburnoma‖ning ilmiy ma‘rifiy hamda badiiy ahamiyati;
–Badiiy adabiyotda Bobur obrazi.
Shoir ijodining ushbu jihatlarining о‗rganilishida asosiy darslik ―Adabiyot‖ 9-sinf
maktab darsligi hisoblanadi. Qо‗shimcha manbalar sifatida о‗quvchilarga
Boburning ―Boburnoma‖ asari, devonlari, Pirimqul Qodirovning ―Yulduzli tunlar‖
romani kabilarni tavsiya etiladi.
Kasb-hunar kollejlarida о‗quvchilar mumtoz adabiyot bilan akademik
litseylardagi kabi II bosqichda tanishadilar. Yil davomida DTS va о‗quv
dasturlarida ona tili va adabiyot fani uchun 120 soat ajratilgan. Shundan 80 soati
56
adabiyot uchun mо‗ljallangan. Bobur hayoti va ijodini о‗rganish mavzusiga esa bor
yо‗g‗i 2 soat berilgan. Dasturda:
- Zahiriddin Muhammd Bobur hayoti va ijodi.
-Bobur she‘riyati. G‗azallari badiiyati.
-Shoir ruboiylarida vatan ishtiyoqi, yor hijroni.
-―Boburnoma‖ yodnoma asar sifatida.
-Ichki qofiya haqida kabi mavzularni о‗rganish nazarda tutilgan.
Ammo bularning barchasini 2 soat davomida о‗quvchiga yetkazish ancha
mushkuldir. Kasb-hunar kollejlarida о‗quvchilarga yetarlicha bilim berish uchun
Bobur hayoti va ijodini qo‗shimcha dars yoki to‗garak darslarida o‗tish ham
samarali natija beradi.
Biz amaliyot jarayonida ―Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk mutafakkir va
davlat arbobi‖ mavzusida dars mashg‗ulotini olib borganimizda bir qancha
interaktiv metodlardan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalandik.
Interaktiv metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‗quvchilarning darsga
qiziqishini ortishiga va ta‘lim samaradorligini yaxshilashga, o‗quvchilarning
yetarli darajada bilim, ko‗nikma va malaka egallashiga xizmat qildi. Aynan
―Raqamlar so‗zlaganda‖ metodi Bobur hayoti va ijodiga oid raqamlarning
o‗quvchi xotirasida yaxshi saqlanib qolishiga yordam berdi. Bobur lirikasini
o‗rgatishda ―Fikriy hujum‖ metodidan foydalandik. Bu metod o‗quvchilarga g‗azal
haqida ma‘lumotlarni mustahkamlashga, Bobur g‗azallarining g‗oyaviy badiiy
xususiyatlarini yoritishda samarali natijaga erishishga yordam berdi. Boburnoma
asarining tili bugungi kun o‗quvchisiga biroz murakkab, shuning uchun ham asarni
o‗qishdan oldin tushunilishi qiyin bo‗lgan so‗zlar lug‗atini tuzib olish uchun ―Ikki
tomonlama kundalik‖ metodidan foydalandik. ―Boburnoma‖ asarining mohiyatini
ochib berish uchun ―Zinama-zina ‖ metodini qo‗lladik. Bu metod orqali
o‗quvchilar asar haqida yetarli bilim va ko‗nikma va malakaga ega bo‗lishdi. Dars
davomida o‗quvchilarga Bobur g‗azallarining audio varianti eshittirildi. Bundan
tashqari darsni mustahkamlash uchun an‘anaviy metodlar ―Boshqotirma‖, ―Test‖,
―Savol-javob‖ metodlaridan foydalandim. O‗quvchilar dars davomida mavzu
57
yuzasida o‗zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, Bobur hayoti va ijodiga oid
ma‘lumotlarga ega bo‗lishdi.
|