6-rasm. Plazmatikmembranamozaikamodeliningko ‘rinishi
Biologikahamiyatigako‘ramembranaoqsilIarini 3 guruhgaajratish-
mumkin: fermentlar, retseptorlar, struktnraviyoqsillar.
Membrana tarkibiga kiruvchi fermentiarning turi hujayraning
bajaradigan vazifasiga qarab o‘zgaribturadi.
Retseptor oqsiilari biror modda bilan birikib tanib olish vazifasini
bajaradi. Masalan, gormonlarni, qo‘shni hujayralarni tanib oladigan
reseptorlar.
Strukturaviy oqsillar tabiati oxirgacha o‘rganilmagan bo‘lib, tax-
min qilinishicha ular membranani stabillashtirib turish vazifasini ba
jaradi.
Hujayra membranasida uchraydigan lipidlar asosan 3 guruhdan:
fosfolipidlar, sfingomielinlar, steroidlaruchraydi.
Steroidlar guruhini tashkil qiluvchi lipidlar orasida membrana
tarkibida xolesterin ko‘p uchraydi. U juda muxim bo‘lib membra-
naning suyuqlik darajasini boshqarib turadi. 0 ‘simlik hujayralarida
xolesterin o ‘rnini fitosterin egallaydi. hujayraning turli membranalari
bir-biridan lipidlarining miqdori bilan ajralib turadi. Plazmatik mem
brana tarkibida ular 35-40% ni tashkil etsa, mitoxondriyalar mem
branasida 27-29% ni, nerv hujayralarining miyelin qobiqida 80% ni
tashkil etadi.
Membrananing uglevodlariga oqsil molekulalari bilan birikkan va
glikoproteinlami tashkil etgan guruh kiradi.
Plazmalemmaning vazifalari : lT o ‘siq. 2Transport (tashuvchi).
3Retseptorlik (sezgirlik).
Q o‘shimcha vazifalariga:
1) hujayra tashqarisidagi biopolimerlarni parchalashi;
41
2) hujayralararo aloqani ta’m inlashda ishtirok etishi;
3) hayvon hujayralarida o ‘simtaiarni: mikrotukcha, kiprikcha,
xivchinlarni hosil qilishi;
4) hujayra boTinishida ishtirok etishi kiradi.
Transport
(tashuvchi)
vazifasi.
Plazm alem ma
yarim
o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning yuzasidan turli kattal-
ikdagi molekulalar turli tezlikda harakat qiladi. M aksimal o‘tuvchanlik
xossasiga suv va unda erigan gazlar ega, ionlar esa nisbatan sekinlik
bilan o ‘tadi. Masalan, agar hujayra tuzlar kontsentrasiyasi hujayrada
gi kontsentrasiyasiga nisbatan past eritmaga solinsa (gipotonik) suv
hujayra ichiga kirib hujayra hajmi oshadi va u shishib yoriladi (gi
potonik shok). Agar hujayra tuzlar konsentratsiyasi yuqori eritmaga
solinsa hujayradagi suv tashqariga chiqib, hujayra burishib qoladi. Bu
xodisa membrananing osmotik xususiyatiga asoslanadi.
Yarim o ‘tkazuvchi membranalar orqali suvning harakati osmos
deyiladi.
Moddalaming bunday transport passiv transport boMib, modda
konsentrasiyasi gradienti bo‘ylab, ya’ni kam tomondan ko‘p tomonga
harakat qiladi. Lekin membranada modda konsentrasiyasiga qarshi
transport ham mavjud bo‘lib u aktiv transport deyiladi, chunki en
ergiya sarfi - adenozintrifosfat (ATF) ishtiroki bilan boradi. Bu y o ‘l
bilan membranadan organik molekulalar o ‘tadi.
Yirik molekulalar ko‘pincha hujayraga kirishdan oldin mono-
merlargacha parchalarib, keyin aktiv transport orqali kiradilar. Lekin
ba’zan membrana orqali yirik molekulalar ham endositoz yoTi orqali
o‘tib turadi. Endositozning ikki kocrinishi mavjud: fagositoz, pinosi-
toz.
Fagositoz hujayrani yirik molekulalarni qamrab olib yutishi. Bu
hodisani birinchi bo‘lib rossiyalik olim I.I.Mechnikov ta’riflagan. Pi-
nositoz yaqingacha suv molekulalarining kirishi deb qaralgan, lekin
aniqlanishicha uncha katta bo‘lmagan molekulalaming o ‘tishi ekan.
ATF sarfi bilan boradi. A w al modda membrana yuzasida sorbsiyala-
nadi (qisman so‘riladi), bunda ulami membrana yuzasida ushlab qol-
ishda glikokaliks rol o‘ynaydi, so‘ng membrananing shu joyi botib
kira boshlab oxirida membrana uchlari birikib modda ichkariga ki
radi. Hujayra ichida pufakchalar bir-biri bilan qo‘shilib yirik mole-
kulalami hosil qiladi, ulaming atrofida gidrolaza fermentlari (lizoso-
42
mada) hosil boMib hazm jarayonlari boshlanadi.
Pinositoz sourish jarayonlari boradigan hujayralarda kolp uchray
di. Masalan: ichak epiteliysi hujayralari pinositoz pufakchalariga boy
boMadi. O csimIik hujayrasida fagositoz kuzatilmaydi, chunki o ‘simlik
hujayrasi yuzasidagi sellyuloza va pektindan iborat qattiq qobiq bun-
ga to‘sqinlik qiladi. Pellikula qobiqi bilan o ‘ralgan bir hujayrali or-
ganizmlarda fagositoz og‘zi atrofida boMadi.
Plazmatik memebrana hujayradan moddani chiqarishda ishtirok
etadi - bu jarayon ekzositoz deb ataladi. Hujayra ichida moddalar
vakuolalar bilan o ‘ralib membranaga yaqinlashib tashqariga chiqa-
riladi.
Plazmatik memebrananing retseptorlik vazifasi uning ustida tanib
olish xususiyatiga ega boMgan tuzilmalar boMishi bilan bogMiq. Bu-
larga membrana yuzasidagi periferik oqsillar va glikokaliks boMaklari
kiradi. Hujayra retseptorlarining vazifasi signallarni tashqaridan ich-
kariga o‘tkazishdan iborat. Masalan: jigar hujayralari yuzasida gliko-
proteiddan iborat 10 OOOga yaqin insulin reseptorlari joylashadi.
Gormon ana shu retseptorlarga ta ’sir etib retseptorlar o ‘z navbatida
signalni hujayra ichiga oMkazadi va hujayrada bunga javoban fer
mentlar sintezlanadi.
Hujayralararo aloqalar. Plazmatik membrana hujayralararo aloqa-
da faol ishtirok etadi. Bu aloqalar ko‘p hujayrali organizm hujayralari
orasida sodir etadi. Embrional rivojlanish davrida hujayralar yuzasi
bir-biri bilan yopishib birikadi. Bu birikish oddiy aloqa -adgeziya
deyilib, bunda ikkita hujayra orasida 20 nm li bo‘shliq hosil boMib u
glikokaliks bilan toMib turadi. Voyaga yetgan organizmlarda epiteliy
to ‘qimasida uchraydi.
Qulfchali yoki ilmoqli aloqa bitta hujayraning plazmalemmasi ik-
kinchi hujayra plazmalemmasi ichiga botib kiradi. Fibroblastlar uc
hun xosdir.
Zich aloqa ikkita hujayraning membranalari bir-biriga maksi-
mal yaqinlashgan boMib ikkala hujayraning tashqi qavatlari o ‘zaro
qo‘shilib ketganday boMadi. Aloqaning sitoplazma tomonida ko‘pgina
fibrillalar joylashadi. Bunday aloqa faqatgina hujayralaming zich alo-
qasini ta’minlab qolmay balki shu joylarda hujayraga moddalar kir-
maydi, y a’ni hujayra tashqi muhitdan izolyatsiyalanadi ( ajratiladi).
Bunday aloqa bir qavatli epiteliy hujayralari uchun xos(7rasm).
43
Bo‘shliqli aloqa. Membranalar orasidagi bo‘shliq 25-30nm ni
tashkil etadi. Bo‘shliqli aloqaning bir k o ‘rinishi desmosomalar.
|