uloza va pektindan;
2. Tolasimon komponent -sellyuloza tolalaridan iborat.
Matriksi 60% ni sellyuloza tolalari esa 30%ni tashkil etadi. Paxta
tolasida sellyuloza 90% gacha boMadi. Undan tashqari hujayra devori
tarkibida boshqa moddalar ham uchraydi: lignin- yog‘ochlanishga
olib keladi;, suberin - po‘kak hosil qiladi; mum va kutin moddasi
-himoya vazifasini bajaradi va suv bugMatishdan saqlaydi.
0 ‘sim lik hujayra devorining hosil bo(Iishi
Matriksning am orf moddasi-pektin va gemisellyuloza Golji appa-
ratida sintezlanib plazmatik membrana orqali ekzositozlanadi. Selly
uloza tolalari plazmatik membranada joylashgan
maxsus fermentlar
yordamida sintezlanadi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi hujayra
devori farqlanadi.
Hujayra bo‘linishida xromosomalar ekvator tekisligida joylash-
gandan keyin mayda membranali pufakchalar hosil boMib hujayra
markazida to‘planadi. Ular bir-biri bilan
hujayra markazidan boshlab
chekkalariga tomon qo‘shila borib plazmatik membranagacha yetadi-
lar. Shu tariqa hujayra plastinkasi hosil boMadi. Hujayra plastinkasin-
ing markazi pufakchalar tarkibidagi am orf modda bilan toMadi. Pufak-
chalaming kelib chiqishi Golji apparati bilan bogMiq. Plastinkaning
chekkalarida sellyuloza tolalari to ‘planadi. Shunday qilib, o ‘sayotgan
hujayra plastinkasi uch qavatdan: markaziy o ‘rta plastinkadan (amorf
modda),va ikkita periferik birlamchi qobiq (gemisellyuloza va selly
uloza). Plastinkani hosil qilishda boMinayotgan hujayra ishtirok etsa,
birlamchi devor yangi qiz hujayralar faoliyatidan hosil boMadi.
Hujayradan tashqarida plazmatik membrana ustida fermentlar
ishtirokida sellyuloza
fibrillari sintezlanadi, shu tariqa ikkilamchi
qobiq shakllanadi. Keyinchalik gemisellyuloza moddasining o ‘rnini
lignin egallab yog‘ochlanish boshlanadi. Uchlamchi qobiq sitoplazma
periferik qismlarining qurib degeneratsiyaga uchrashi natijasida hosil
boMadi.
Zamburugc hujayrasining tashqi yuzasi tolasimon tuzilishga ega
boMgan xitin moddasi bilan qoplangan. Undan tashqari zamburug‘
hujayra devori tarkibiga sitoplazmada sintezlangan va hujayradan
tashqariga chiqarilgan glikoproteidlar va turli oqsillar kiradi.
49
Bakteriya hujayralarining tashqi yuzasi
polimer modda murein-
dan iborat. Bulami hosil qiluvchilar ham hujayra ichida sintezlanib
hujayra tashqarisida shakllanadi.
Shunday xuiosaga kelish mumkinki, eukariot va prokariot hu
jayralar tashqi yuzasida hosil bo‘ladigan tuzilmalar kimyoviy tuz
ilishi va vazifasi jihatidan bir-biriga yaqindir: ulaming tarkibi aso-
san polisaxaridlar, ular hujayraning faoliyati natijasida hosil bo‘lib,
ulaming tashqariga chiqarilishida membrananing tuzilmalari ishtirok
etadi.
Bu belgilar glikokaliks, o ‘siralik va bakteriya hujayralaridagi
hujayra devori kabi tuzilmalarini yaqinlashtiradi, bulaming vazifasi
ham bir xil: hujayra atrofida maxsus muhitni hosil qilish, yuzasida
turli
fermentlar joylashadi, retseptorlik vazifasini bajaradi. Lekin,
hayvon hujayrasidan farq qilib, o ‘simlik va bakteriya hujayra devori
qo‘shimcha ravishda osmoregulyatorlik vazifasini bajaradi.
Hujayra ichidagi plazmatik membrana bilan o ‘ralgan borliq pro-
toplazmadir. Hujayrani o ‘rganish tarixida ko‘proq e ’tibor hujayra
qobiqiga qaratilgan. Lekin 1835 yilda F. Dyujarden bir hujayrali or
ganizmlar ichidagi suyuqlikni o'rganib unga sarkoda ya’ni go‘shtga
o‘xshash deb nom beradi. Uning fikricha bu suyuqlik tirikiikning
hamma xossasini namoyon qiladi. M.Shleyden ham 1838
yilda
obsimlik hujayrasidagi suyuqlikni o ‘simlik shilimshigci deb ataydi.
Sakkiz yildan so‘ng G.fon Mol protoplazma terminini ishlatadi. Un-
dan oldin bu atama 1840 yilda Ya.Purkinye tomonidan ishlatilgan
bo‘lib, u hayvon embrioni rivojlanadigan substansiyaga shunday nom
beradi.
Lekin protoplazma kimyoviy tarkibi, fimktsional holati jihatidan
bir xil emasligi ma’lum bo‘lgandan keyin oxirgi yillarda shu atama
ishlatilmaydi. Hozirda hujayraning asosiy tashkil etuvchilari: yadro,
sitoplazma va organoidlardir.
Hujayra ichi butun borlig‘i yadrodan tashqari sitoplazmadir. Ya’ni
hujayra ikki komponentdan sitoplazma va yadrodan tarkib topgan.
Sitoplazma atamasini fanga Z.Strastburger 1882 yilda kiritgan. Sito
plazma: gialoplazmadan, membranali (vakuolyar
tizim organoidlari,
mitoxondriya, plastida) va membranasiz komponentlardan (sentriola,
ribosoma, mikronaycha, mikrofilamentlar) va kiritmalardan iborat.