V ak u olalar Vakuolalar ichi suyuqlik bilan to ‘lgan membranali xaltacha. Hay-
von hujayralarida kichik: fagositoz, hazm qilish, qisqarish vakuolalari
uchraydi. 0 ‘simlik hujayrasi sitoplazmasida muhim fiziologik aha-
miyatga ega bo‘lgan vakuolalar mavjud. Yosh hujayralarda mayda
vakuolalar soni ko ‘p bo‘lib hujayra o ‘sgan sari vakuolalar bir-biri
bilan qo‘shilib hujayraning 80% hajmini egallaydigan vakuolaga
aylanadi. Vakuolani o ‘rab turuvchi memebrana tonoplast deyiladi, u
plazmatik membranaga o ‘xshash tuzilgan. Vakuolalar endoplazmatik
to ‘rdan ajraladigan pufakchalardan rivojlanadi. Kattalashib ular yadro
va organoidlami hujayraning chekka qismlariga surib yuboradi.
Vakuolaning ichi hujayra suyuqligi bilan to ‘lgan bo‘lib tarkibi
suvda erigan anorganik tuzlar, organik kislotalar, oqsillardan iborat.
0 ‘simlik vakuolasi quyidagi muhim vazifalami bajaradi:
1. Suv konsentrlangan hujayra shirasi ichiga osmos yo‘li bilan
tonoplast orqali o ‘tadi. Natijada sitoplazma hujayra devoriga yaqin-
lashib turgor holat yuzaga keladi. Suvning osmotik ravishda kirishi
hujayralarning o‘sishi vaqtida choczilishiga yordam beradi va mus-
tahkamlik bag‘ishlaydi.
2. Ba’zan vakuolalar tarkibida antosian pigmentlari uchraydi.
Ularning ichida antosianlar bo‘lib gullar mevalar rangini belgilaydi.
3. B a’zan vakuolalar tarkibida gidrolitik fermentlar boTib, bu
holda vakuolalar lizosomalardek faoliyat ko‘rsatadi: hujayra nobud
boMgandan keyin tonoplast tarangligini y o ‘qotib fermentlar sito-
plazmaga chiqib hujayrani avtolizlaydi (o‘z -o‘zini eritadi).
4. Vakuolalarda hujayra metabolizmining chiqindi moddalari
saqlanishi mumkin: oksalat kalsiy kristallari, alkoloidlar va tanin
moddasi. Tanin moddasi o ‘simlikni o ‘simlikxo‘r hayvonlardan hi-
moya qiladi.
5. Vakuolalar zahira oziqa moddalari tocplanadigan joy ham hiso
blanadi. Qand moddasi suvda erigan holda to 4planadi, polisaxaridlar-
dan inulin bor. Urug' hujayralarida oqsil tocplanadi. Oqsillar vakuo
laning ichiga endopalazmatik to 1 г va Golji apparati orqali ulaming
membranasi vakuolaning membranasi bilan qo‘shilganda kiradi. Oq
sil - aleyron vakuolalarda albumin va globulin ko‘rinishida to ‘planib
vakuolalar suvsizlanishi natijasida qattiq aleyron donachalariga ayla-
67
nadi. UrugMar unib chiqqanda bu donachalar yana suvlanib vakuo-
lalarga aylanadi. Bunday vakuolalarda fermentlar ta’sirida oqsillar
parchalanadi, ya’ni vakuola lizosoma faolligini boshqaradi.