sitoplazma
va yadroga, distal qism hujayra tashqarisiga qaragan
boMadi.
Proksimal qimsda mayda pufakchalar va kalta sistemalar joylashib
bu joy endoplazmatik to‘rdan Golji apparatiga o'tish joyi hisoblanadi.
Distal qism yirik vakuolalarga ega boMib ularning ichi sekretsiya
mahsulotiga toMgan.
9-rasm. Golji apparati. 1. Shoxlanib ketgan kanalchalar; 2.
Sistem alar; 3. M edial bo ‘lim ning kanallari; 4. Trans bo ‘lim ning
kengaygan sisternalarL
Golji apparati vazifalari. Golji apparatining membranaii pufakcha-
lari endoplazmatik to 'rd a sintezlangan mahsulotni to ‘plash, kimyoviy
o £zgarishi va yetilishida ishtirok etadi. Golji
apparati tsistemalarida
polisaxaridlar va mukoproteidlar sintezi kechadi va eng muhimi Golji
apparati ishtirokida sekret mahsulotlari hujayradan tashqariga chiqa
riladi.
Endoplazmatik to'rdagi ribosomalarda sintezlangan eksport oqsili
endoplazmatik to‘r sisternalarida to ‘planadi va Golji apparati mem-
branalari zonasiga tashiladi. Bu yyerda endoplazmatik to‘rdan oqsil-
ga toMgan mayda vakuolalar ajralib, Golji apparatining proksimal
qismidagi vakuolalar zonasiga kiradi. Bu
yyerda vakuolalar bir-biri
bilan va sistemalar bilan qo‘shiladi va shu tarzda to'planadi. Shun-
dan so‘ng to ‘plangan oqsil sekretor granulalarga aylanishi yoki suyuq
holda qolishi mumkin. Keyin Golji apparati sisternalaridan oqsilli
vakuolalar ajralib bir-biri bilan qo‘shilib yiriklashadi. Bu vakuola
lar plazmatik membrana tomon harakatlanib ularning membranasi
59
plazmatik memebrana bilan qo‘shiladi va vakuolar ichi mahsuloti hu-
jayradan chiqariiadi. Bu jarayon pinositozga teskari boTgan ekzosi-
tozdir. Donador endoplazmatik to crda
sintezlangan eksport oqsil-
lari, masalan hazm qilish fermentlari Golji apparatidan hujayraning
tashqarisiga passiv holatda (proferment) chiqariiadi. Funksional joy-
iga yetib borib bu pro ferment faollashadi. Masalan, tripsin fermenti
o‘n ikki barmoqli ichakda faollashadi. Bu jarayon mexanizm lari ox-
irgacha o‘rganiImagan, lekin ularning borishi uchun ATF zarur. Golji
apparatida shuningdek,
metabolik jarayonlar boradi, oqsillar inodifi-
katsiyaga uchraydi.
0 ‘simlikning yangi hosil boTgan hujayralarida yadro atrofi
da Golji apparatining aktivligi oshib unda hujayra devori matriksi
polisaxaridlarining sintezi boradi (gemisellyuloza, pektin). Golji
apparati pufakchalari hujayra plastinkasining kerakli joyiga mikro
naychalar orqali birikib bu yerda plazmatik membranaga qo‘shiladilar
va yangi hujayra devori mahsulotlarini sintezlaydilar.
Golji apparatida mutsin glikoproteini sintezlanib u shilimshiq
moddani hosil qiladi. Bu modda ichak shilimshiq pardasi va nafas
yoTlari yuzasidagi hujayralarda hosil boTadi. Ildiz qini hujayralari-
dagi Golji apparatida mukopolisaxaridlarga
boy shilimshiq modda
ishlab chiqarilib u ichkariga qarab o ‘sayotgan ildizni tuproq zarracha-
lariga ishqalanishidan saqlaydi. HasharotxoT o ‘simliklar bargi hujay-
ralaridagi Golji apparati shilimshiq modda va ferment ishlab chiqarib,
ulaming yordamida bu o ‘simliklar oTjasini tutib hazm qiladi. K o4p
hujayralarda Golji apparati mum - o‘simlik yelimini sintezlaydi.
Ba’zan Golji apparati lipidlar transportida ishtirok etadi. hazm
qilish jarayonida lipidlar parchalanib ingichka ichakda yog‘ kislo-
talari va gliserol ko‘rinishida soTiladi. So‘ng endoplazmatik to ‘rda
lipidlar resintezlanadi (qayta sintezlanadi), ular oqsil qobigT bi
lan qoplanib Golji apparati orqali plazmatik membranaga tashiladi.
Plazmatik membranaga о Tib bu yogTar limfa tizimiga tushadi.
Qisqaruv vakuolasi bor tuban o‘simliklar hujayralarida vakuola
lar Golji apparati sistemasining kengayganidan hosil boTadi. Qisqar-
ish vaqtida u plazmatik membrana bilan qo‘shilib ichidagi mahsuloti
ekzositoz yoTi bilan tashqariga chiqadi.
Hujayradan moddalaming chiqarilishi Golji apparatining plazma
tik membrana bilan uzluksiz bogTanganligidan sodir boTadi. Golji
60
apparatidan plazmatik membranaga yo‘nalgan membranalar oqimi
mavjud boMib, ikkinchi tomondan doimiy
ravishda endopalazmatik
to ‘rdan Golji apparatiga y o ‘nalgan vakuolalar oqimi mavjud. Uning
proksimal qismi membranalari plazmatik membranaga qo‘shiladi.
B a’zi olimlarning fikricha plazmatik membrananing yangilanib turi-
shi Golji apparati hisobiga amalga oshadi: lipidlar sintezi, lipopro-
teinlarning hosil bo'lishi, ulaming lipoproteidlar bilan bog‘lanishi
shu yyerda sodir bo‘ladi.
Hujayra bo‘linishida Golji apparati diktiosomalarga ajralib qiz hu-
jayralarga tasodifiy taqsimlanadi. Hujayra o‘sgan sari diktiosomalar
soni ortib boraveradi. Bu mexanizm oxirgacha o ‘rganilmagan. B a’zi
olimlarning ta’kidlashicha Golji apparatining o^sishi yadro membra-
nasidan ajralib chiqadigan membranalar evaziga amalga oshadi.
Golji apparati hamma eukariot hujayralarda uchraydi (sutem-
izuvchilarning eritrositlaridan tashqari).
Lekin hamma hujayralarda
ham oqsil, lipid va polisaxaridlar sintezlanavermaydi. Masalan,
mushak, leykositlar, qoplovchi epiteliy, hujayralari. Lekin shunga
qaramay bularda Golji apparati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Chun
ki bu hujayralarda lizosomalar hosil b o4lib Golji apparati bunda
ishtirok etadi.