• 1. TVIqinsimon harakat.
  • Hujayra biologiyasi I. A. AbduIov X. U. X albekova




    Download 5,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/113
    Sana06.06.2024
    Hajmi5,62 Mb.
    #260794
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
    Bog'liq
    NamDU-ARM-1159-Hujayra biologiyasi

    Sitoplazma harakati
    Hamma tirik hujayralar uchun ichki borliqining harakatlanib turi­
    shi xosdir. Masalan: sodda organizmlar yolg‘on oyoqchalar - psev- 
    dopodiyalami va plazmatik xivchinlar hosil qilib harakatlanadi. Bu 
    harakat sitoplazmaning harakati natijasida yuzaga keladi.
    Qattiq qobiqli harakatsiz hujayralarda katta molekulalar sinte- 
    zlanayotgan joyga qurilish materialini tashish va hosil boMgan mah- 
    sulotni hujayraning boshqa yerlariga olib o‘tish bilan bog‘liq. Ya’ni 
    bunday hujayralarda sitoplazmaning harakati hujayra ichi transporti 
    bilan bogMiq.
    Hujayralarda sitoplazmaning harakati birlamchi va ikkilamchi 
    bo‘ladi.
    Biramchi harakat shikastlanmagan sog‘lom hujayralarda: chang 
    naychalari, ildiz tukchalarida kuzatiladi.
    Ikkilamchi harakat xarorat yoki yorugMik o'zgarishida, hujayralar 
    shikastlanganda kuzatiladi.
    52


    Harakat butun hujayrada bir xil tezlikda amalga oshmaydi. 
    Plazmatik membranaga yaqin joylari quyuq boMgani uchun sekin ha- 
    rakatlanadi.
    CPsimlik hujayralari uchun sitoplazma harakatining quyidagi tur­
    lari xos:
    1. TVIqinsimon harakat. 
    Sitoplazmaning ichki qatlamlari (en- 
    doplazma) bir yo‘nalishda sekin harakatlnib uning harakati ekto- 
    plazmani harakatlantiradi.
    2. Sirkulyar yoki oqimli harakat. 
    Vakuolasi yirik boMgan hu­
    jayralarda sitoplazma hujayra devori bo‘yIab joylashib ingichka, o ‘z 
    yo‘nalishini o ‘zgartirib turuvchi oqimlami hosil 
    qiladi.
    3.
    R otasion 
    harakat 
    faqat hujayraning periferik qismida joylash­
    gan sitoplazma aylanma harakat qiladi.
    Sitoplazmaning membranali tuzilmalari aloxida yoki bir-biri bi­
    lan bog‘langan boMaklardan iborat boMib ichidagi borlig‘i asosiy 
    gialoplazmadan tarkibi jihatidan tubdan farq qilib membrana bilan 
    chegaralangan boMadi. Hujayraning membranali tizimi yopiq hajmli 
    zonalardan (kompartment-kupe) iborat boMib ikki guruhni tashkil 
    etadi:
    l.Vakuolyar tizim organoidlari - endoplazmatik to ‘r, Golji ap­
    parati, lizosoma, peroksisoma, o ‘simlik vakuolalari-bular bir mem­
    branali organoidlar.
    2.Ikki membranali organoidlar: bular yopiq va bir-biri bilan 
    qo‘shilmaydigan tashqi va ichki membranalarga ega — plastidalar, 
    mitoxondriya va yadro. Vakuolyar tizimga kiruvchi organoidlar turli 
    vazifani bajarishiga qaramay ularning faoliyati bir-birini toMdirib bir 
    butun tizim hosil qilishga qaratilgan.
    Endoplazmatik to ‘r. Bu organoidni kashf etilishi elektron mik- 
    roskopiya davrining rivojlanishiga to‘g‘ri keldi. 1945 yilda K.Porter 
    (AQSh) o cz shogirdlari bilan fibroblast hujayralarini maxsus bo‘yoqlar 
    bilan bo‘yab elektron mikroskop ostida qaraganda sitoplazmaning 
    ektoplazma qismi och bo‘yalib endoplazma qismi to ‘q bo‘yalganligiga 
    e’tibor beradi. To‘q bo'yalgan qismida mikroskop ostida ko‘p sonli 
    mayda vakuolalar, kanalchalar yig‘indisi to‘rga o ‘xshash (retikulum) 
    tuzilmani hosil qilganligini ko ‘rinadi. Bu vakuola va kanallaming 
    devori yupqa membranadan iboratligi ko‘rinadi. Shu tarzda endo­
    plazmatik retikulum yoki to‘r kashf qilinadi. Uning bunday nomlan-
    53


    ishiga birinchi m arta endoplazm ada topilganligi sabab bo‘lgan. K ey­
    inchalik sitoplazmaning turli uchastkalarida topishgan, lekin nom i 
    qolgan. Uning topilishigacha sitoplazm aga tirik dinam ik tuzilm asiz 
    tizim sifatida qaralgan.
    Elektron mikroskopiya usuli bilan edoplazmatik to 4m ing 2turi 
    aniqlandi: donador (granulyar), v a silliq ( agranulyar).
    Donador endoplazmatik to 4r ingichka kanallar, sisternalar, xal- 
    tachalardan iborat b o4lib uzulmas (yopiq) m em brana bilan chega- 
    ralangan. Sisternalar kengligi 20nmni tashkil etadi. M em branalar 
    yuzasi m ayda 20nm tuzilmalar bilan qoplangan bo4 lib, bu tuzilm a- 
    lami birinchi marta J. Palade (Palade granulalari) ta’riflagan va ular 
    ribonukleoproteidlardan tuzilganligini aytadi. Endoplazmatik to ‘m ing 
    tuzilmasi va vazifalarini o 4rgangani uchun u 1974 yilda Nobel mu- 
    kofotiga sazovor bo4ladi. Hozirda bu tuzilmalar endoplazmatik to4r 
    membranalari bilan bog4langan ribosomalar ekanligi m a’lum. Bu yy­
    erda ribosomalar polisomalar ko4rinishida joylashadi(8 rasm).
    Hujayralarda endoplazmatik to 4ming ikki xil ko4rinishi - siyrak 
    joylashgan membranalar yoki bir tutam membranalar y ig ‘indisi - er- 
    gastoplazma uchraydi. Birinchi ko4rinishi metabolik jarayonlari sust 
    boradigan hujayralar uchun xos bo4lsa, ergastoplazma faol sintezlov- 
    chi hujayralar uchun xosdir. Masalan: jigar yoki nerv hujayralarida 
    siyrak joylashgan membranalardan iborat bo4 Isa, oshqozonosti bezi 
    hujayralarida endoplazmatik to4r zich joylashgan(8rasm).
    Membranalari yuzasida polisomalaming joylashganligi uning oq­
    sil sintezida ishtirok etishidan dalolat beradi. Endoplazmatik to‘r el- 
    ementlarida hujayraning bir qism oqsillari sintezlanadi.
    Olimlar shu narsaga e’tibor berishganki, aktiv o'suvchi, 
    ko4payuvchi, faol oqsil sintezlovchi hujayralar bazofil sitoplazmaga 
    ega (asosiy bo4yoqlami qabul qiluvchi) sitoplazmaning bunday ba- 
    zofiliyasi RNK ko4p bo4lishi bilan boqliq. Shuni aytib o4tish kerakki, 
    hujayra RNKsining asosiy miqdori ribosomal RNKdir. Demak sito­
    plazmaning bazofil qismi ribosomalarga boy bo4lib ularda faol oqsil 
    sintezi boradi. Ribosomalaming joylashish tartibi hamma hujayral­
    arda turlicha. Masalan: embrional, regeniratsiyalanuvchi, shish y a’ni 
    bo4linuvchi hujayralarda ribosomalar endoplazmatik to4r bilan kam 
    miqdorda bog4lanadi. Ulaming asosiy soni gialoplazmada polisoma­
    lar ko‘rinishida joylashadi.
    54


    BoMinish qobiliyatini yo'qotgan, yuksak darajada takomillash- 
    gan, faol oqsil sintezlaydigan hujayralar (oshqozonosti bezi) gialo- 
    plazmasida erkin ribosomalar kam uchraydi , ularning asosiy qismi 
    endoplazmatik to ‘r membranalariga birikkan boMadi.
    Bu kuzatuvlardan shu narsa m a’lum boMdiki, gialoplazmadagi 
    polisomalar ko‘rinishidagi ribosomalarda hujayraning o‘z hayot 
    faoliyati uchun kerak boMgan oqsillami sintezlanadi. Endoplazmatik 
    to ‘r bilan bogMangan ribosomalarda hujayradan tashqariga chiqaril- 
    adigan “eksport” oqillari sintezlanadi. Masalan: oshqozonosti bezi 
    hujayralari ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan oqsil-fermentlami 
    lipaza, nukleaza kabilami sintezlab chiqaradi, jigar hujayralarida qon 
    albumini, soMak bezida amilaza sintezlanadi.
    0 ‘simlik hujayralarida ham bu narsa kuzatiladi. Oqsilli mahsu- 
    lotni ishlab chiqaruvchi bezli hujayralar ergastoplazmaga boy.
    Boshqacha qilib aytganda, ko‘p hujayrali organizmlarda ergasto­
    plazmaga boy hujayralarda hujayradan chiqariladigan va boshqa hu­
    jayralar faoliyati yoki umuman organizm uchun kerak boMgan oqsil­
    lar sintezlanadi.
    Bir hujayraliklarda ham eksport oqsiilari ishlab chiqaruvchi do- 
    nador endoplazmatik to ‘rni ko‘rish mumkin.Ular orasida hujayradan 
    tashqarida ro‘y beradigan hazm jarayonlarida ishtirok etadigan oqsili 
    va glikokaliks oqsiilari mavjud.
    Undan tashqari donador endoplazmatik to 4г hujayra ichi hazm 
    jarayonlarida ishtirok etuvchi oqsil-fermentlar sintezida ishtirok etib, 
    bu fermentlar fagositar yoki pinositar vakuolga tushib makromoleku- 
    lalarni parchalaydi.
    Donador endoplazmatik tocr membranalarida sintezlangan oqsil­
    lar hujayraning o 4zi uchun kerakmas boMib, xatto zararlidir. Ovqat 
    hazm qilish bezlarida ko‘p miqdorda gidrolitik fermentlar sintezlana­
    di. Bu fermentlar gialoplazmaga chiqsa hujayra avtolizga (o‘z-o‘zini 
    eritishga) uchraydi. Lekin bu xol ro‘y bermaydi, chunki sintezlan­
    gan mahsulot granulyar endoplazmatik to‘r membranalardan oraliq 
    endoplazmatik to ‘r vakuola bo‘shliq!ariga o ‘tadi va gialoplazmadan 
    izolyatsiyalanadi (ajratiladi). Bunday oqsillaming to‘planishi yopiq 
    membranalar ichida ro‘y beradi. Oraliq endoplazmatik to‘r, granu­
    lyar va silliq endoplazmatik to'rlar orasida joylashib uning yuzasida 
    ribosomalari bo‘lmaydi.
    55


    Demak, oraliq endoplazmatik to ‘r sintezlangan oqsillarni hu­
    jayraning boshqa tuzilmalaridan izolyatsiyalashda (alohidalashda) 
    ishtirok etadi. Oraliq endoplazmatik to‘rdan bu oqsillar Golji apparati 
    membranalari ga o ‘tib hujayradan chiqariladi. Oraliq endoplazmatik 
    to‘r bu oqsillarni kanallar va vakuolalar bo‘ylab tashiydi, bu jarayon 
    ATF sarfi bilan boradi.
    Undan tashqari donador endoplazmatik to ‘r kanalchalari va 
    vakuolalari ichida sintezlanagan oqsilning konsentrasiyalanishi, ya’ni 
    yirik sekret granulalariga aylanishi kuzatiladi.
    Umumlashtirib aytganda, donador endoplazmatik to4r vazifasi 
    membralalari yuzasida joylashgan polisomalari ishtirokida eksport 
    oqsillarini sintezlash, ulami hujayraning boshqa tuzilmalaridan 
    membrana bo‘shliqlari ichida izolyatsiyalash-ajratish, bu oqsillarni 
    hujayraning boshqa kompartmentlariga tashish va ularning kimyoviy 
    modifikatsiyasida ( o ‘zgarishida) ishtirok etish.
    Prokariotlarda endoplazmatik to‘r tizimi yo‘q , lekin ko‘pgina 
    bakteriya hujayralari tashqi muhitga plazmatik membrana yuzasidagi 
    makromolekulalami parchalashda ishtirok etadigan ekzoferment- 
    lar ishlab chiqaradilar. Bakteriya hujayrasidagi ribosomalaming bir 
    qismi plazmatik membrana bilan bog‘langan. Taxmin qilinishicha bu 
    ribosomalarda eksport oqsillari sintezlanadi. Sitoplazmadagi erkin ri- 
    bosomalarda esa hujayra ichidagi metabolik jarayonlar uchun kerakli 
    oqsillar sintezlanadi.
    Silliq (agranulyar) endoplazmatik to‘r - retikulyar membrana­
    lar tizimidan iborat bo‘lib alohida tuzilma deb qaralmaydi. U ham 
    vakuolalar kanalchalar va naychalar hosil qiladigan membranalar 
    to ‘plamidan iborat va bir-biri bilan qo‘shilishi mumkin. Yuzasida 
    ribosomalari y o ‘q . Kanalchalar kengligi 50-100 nm, odatda zona- 
    lar hosil qilib joylashadi. Masalan, ichak epiteiiysi hujayralarida 
    hujayraning apikal (yuqorigi) qismida, sourish yuzasiga yaqin, jigar 
    hujayralarida glikogen to‘planadigan joyda bo4ladi.
    Donador endoplazmatik to‘r sisternalari yuzasidagi ribosomalarni 
    yo‘qotib silliq endoplazmatik to ‘rga aylanadi. Golji apparati donador 
    endoplazmatik to ‘rga nisbatan ikki lamchi hisoblanadi.
    56



    Download 5,62 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




    Download 5,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujayra biologiyasi I. A. AbduIov X. U. X albekova

    Download 5,62 Mb.
    Pdf ko'rish